ODAM SAVDOSINI TERGOV QILISH METODIKASI
Ahmedova Guzalxon Utkurovna
Toshkent davlat yuridik universiteti Kriminalistika va sud ekspertizasi kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar doktori
Sobitova Umidaxon Murod qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti
Muallif haqida ma'lumot
Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada O‘zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga tayanib, “odam savdosi” tushunchasi va odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, odam savdosi inson huquqlarining jiddiy buzilishi ekanligi, yordam va himoya qilish uchun barcha harakatlar odam savdosi qurbonlarining huquqlarini tiklash va ularning keyingi buzilishining oldini olishga qaratilgan bo‘lishi kerakligi ta’kidlangan. Shu bilan birga, jabrlanuvchilar kamsitilmasdan himoya va yordam olishlari kerakligi, odam savdosi holatida bo‘lish tajribasi yoki huquqlari cheklanganligi sababli ularga beparvolik yoki xurofot bilan munosabatda bo‘lish mumkin emasligi asoslangan. Bundan tashqari, odam savdosi qurbonlarini aniqlash, rejalashtirilgan yoki sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ma’lumot manbalari, tergov shakllari, odatdagi tergov versiyalari va holatlari, algoritm, vazifalar va tergovni rejalashtirish bilan bog‘liq fikrlar tahlil qilingan. Odam savdosi va muhojirlarni noqonuniy olib kirish o‘rtasidagi farqlar o‘rganilib, Qozog‘iston tajribasidan kelib chiqqan holda, ushbu masala bo‘yicha yuqori darajadagi jinoiy ishlarga doir misollar, shu jumladan, muhojirlarning noqonuniy olib kirilishini tergov qilish bilan bog‘liq, minglab odamlar ishtirok etgan “Moviy osmon” («Bluesky») operatsiyasi keltirilgan.
Kalit so'zlar
identifikatsiya, yollash, jinsiy ekspluatatsiya, qo‘shmachi, operatsiya, muhojirlarni olib kirish, jinoyat mexanizmi.