JINOYAT QONUNIDА INSONPАRVАRLIK PRINSIPI
Toshpulatov Аkrom Ikromovich
Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, yuridik fanlar nomzodi
Muallif haqida ma'lumot
Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Insonparvarlik prinsipi jinoyat qonunchiligidagi eng markaziy prinsiplardan biri bo‘lib, u jinoyat sodir qilgan shaxsga nisbatan insonparvar munosabatda bo‘lishni kafolatlaydi. Jinoyat qonuni huquqbuzarlikning eng xavfli turi bo‘lgan jinoyatni sodir qilgan shaxslarga nisbatan majburlov choralarini qo‘llash masalalarini tartibga soladi. Bu jarayonda insonparvarlik muhim ahamiyat kasb etadi. Jinoyat qonunida insonparvarlik prinsipining mohiyati nima? U jinoyat qonuni muayyan normalarida qanday amalga amalga oshirilishi kerak? Jinoyat qonunchiligida insonparvarlik – bu jinoyat sodir qilgan shaxsga nisbatan achinish yoki unga rahm-shafqat qilish emas, balki shaxs, jamiyat va davlatni qo‘riqlash orqali uning rivojlanishi va xavfsiz mavjud bo‘lishini taʼminlashda ifodalanishi kerak. Jinoiy jazo shaxsdan u biror-bir normada belgilangan taqiqlarni buzganligi uchun o‘ch olish emas. Bu O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 42-moddasida belgilangan uch maqsad, yaʼni mahkumni axloqan tuzatish, jinoiy faoliyatni davom ettirishga to‘sqinlik qilish, yangi jinoyatlar sodir etilishining oldini olishga erishish uchun qo‘llaniladigan kompleks chora-tadbirlardir. Muallif fikricha, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligida insonparvarlik prinsipi mazmuni to‘liq ochib berilmagan bo‘lib, u asosan jinoyat sodir qilgan shaxsga nisbatan munosabatni tartibga solish bilan cheklanib qolgan. Muallif, xorijiy davlatlar qonunchiligini tahlil qilgan holda insonparvarlik prinsipi nafaqat jinoyat sodir qilgan shaxs, balki shaxs, jamiyat va davlat manfatlarini himoya qilish masalalarini ham qamrab olishi kerak, deb hisoblaydi. Maqolada sud amaliyoti materiallari, surishtiruvchilar, tergovchilar va sudyalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalaridan kelib chiqan holda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida insonparvarlik prinsipining aks ettirilishini takomillashtirishga oid takliflar ilgari surilgan.
Kalit so'zlar
jinoyat qonunchiligi, prinsiplar, insonparvarlik, jinoiy jazo, sud amaliyoti, odillik.