ZO‘RAVONLIK VA TAZYIQQA UCHRAGAN AYOLLAR VIKTIMLIGI PROFILAKTIKASI HAMDA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASI

Niyozova Salomat Saparovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Mazkur maqolada zo‘ravonlik va tazyiqqa uchragan ayollar viktimligi profilaktikasi hamda xorijiy davlatlar tajribasiga doir masalalar bayon etilgan. Shuningdek, zo‘ravonlik va tazyiqqa uchragan ayollarning viktim xulq-atvori natijasida nomusga tajovuz qilganlar bir necha guruhga ajratib o‘rganilgan. Jumladan: 1) jabrlanuvchilarning mast holda bo‘lganligi; 2) pala-partish tanishuv, yengiltak, ba’zan erkak bilan muloqotda chechan bo‘lgan ayollar va h.k. Maqolada xorijiy davlatlar tahlili natijasida mazkur davlatlarda ayollarga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonliklar aksariyat holatlarda ularning ruhiy jarohat olishiga (nochorlikni his qilishi, tushkunlik va o‘zini o‘zi o‘ldirish holatlarini yuzaga keltirishi, turli darajadagi jarohatlar olishi, turli yuqumli kasalliklarga chalinishi) sabab bo‘lishi kabi fikrlar ham tahlil etilgan. Bundan tashqari, maqolada zo‘ravonlik va tazyiqqa uchragan ayollar viktimligining umumiy, maxsus hamda yakka tartibdagi oldini olish choralari ham o‘rganilib, mazkur masala yuzasidan taklif va tavsiyalar berilgan. Jumladan, zo‘ravonlik va tazyiqqa uchragan ayollar viktimligining yakka tartibdagi profilaktikasiga doir choralarini ishlab chiqish va uni amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari orqali berilgan axborotni idrok etish va o‘zlashtirish osonroq hamda qulayroq ekanligini hisobga olish lozimligi asoslangan.
Kalit so'zlar
zo‘ravonlik, tazyiq, ayollar, viktimlik, oldini olish, profilaktika, jabrlanuvchi, jinoyat, jazo, viktim xulq.