FUQAROLIK PROTSESSIDA ISHDA ISHTIROK ETUVCHI SHAXSLARNING PROTSESSUAL HUQUQIY MAQOMI BO‘YICHA AYRIM FIKR-MULOHAZALAR
Xabibullayev Davlatjon Yulchiboyevich
Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi mudiri, professor, yuridik fanlar nomzodi
Muallif haqida ma'lumot
Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Mazkur maqolada fuqarolik protsessida ishda ishtirok etuvchi shaxslarning protsessual huquqiy maqomi bo‘yicha fuqarolik protsessual qonunchiligi va fuqarolik protsessual huquqi fani nazariyasi bo‘yicha huquqshunos olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari tahlil etilgan. Xususan, fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlar subyektlari turlari, fuqarolik sud ishlarini yuritish ishtirokchilari, sud protsessi ishtirokchilari, ishda ishtirok etuvchi shaxslar kabi tushunchalar ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq qilingan. Maqolada ishda ishtirok etuvchi shaxslar tarkibi, ularning protsessual huquq va majburiyatlari bo‘yicha har biriga alohida to‘xtab o‘tilgan. Xususan, taraflar tushunchasi va turlari, ularning protsessual huquqiy maqomi, uchinchi shaxslar tushunchasi va ularning turlari, protsessual huquqiy maqomi, fuqarolik protsessida prokurorning protsessual huquqiy maqomi, bu bo‘yicha fuqarolik protsessual huquqi fani nazariyasi va sud amaliyotidagi muammolar, sudda vakillik tushunchasi, advokatning shartnomaviy vakil sifatidagi faoliyati, ularning sud jarayonidagi protsessual va huquqiy maqomi, protsessual huquqi hamda huquqshunos olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari o‘rganilib, xorijiy davlatlar fuqarolik protsessual qonunchiligi qiyosiy tahlil etilgan. Fuqarolik protsessual qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha konseptual ilmiy-nazariy xulosalar, taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.
Kalit so'zlar
fuqarolik sudi, fuqarolik protsessual huquqi, fuqarolik protsessi, fuqarolik sud ishlarini yuritish ishtirokchilari, sud protsessi ishtirokchilari, ishda ishtirok etuvchi shaxslar, taraflar, uchinchi shaxslar, prokuror, vakil.