YANGI O‘ZBEKISTON QONUNCHILIGI VA XALQARO TASHKILOTLARNING DIPLOMATIK HUQUQI MUVOFIQLIGI DOIRASIDA HUQUQIY CHEGARALARI

Rahmonov Shuhrat Naimovich

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi kafedra mudiri, dotsent, yuridik fanlar nomzodi

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Maqolada mamlakatimiz taraqqiyotining zamonaviy davridagi O‘zbekistonning turli xalqaro tashkilotlar faoliyatidagi ishtirokining faollashuvi, jumladan, diplomatik va xalqaro tashkilotlar tizimida diplomatik huquqning shakllanishi va rivojlanishi bilan bog‘liq o‘zgarishlarning ijobiy taʼsiri tahlil qilingan. Qayd etilishicha, o‘tgan chorak asr davomida O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlarga a’zoligi va faoliyatidagi ishtiroki, shuningdek, xalqaro tashkilotlar qoshidagi vakolatxonalarni ochish, ularning maqomi, imtiyozlari va immunitetlari kabi masalalarni tartibga soluvchi milliy normativ-huquqiy hujjatlarning yaxlit tizimi yaratilgan. Shuningdek, maqolada keyingi yillarda mamlakatimiz tashqi siyosati va tashqi iqtisodiy faoliyatining huquqiy bazasi, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar bilan ko‘p tomonlama hamkorligining huquqiy asoslarini tubdan takomillashtirish borasida izchil ishlar amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlandi hamda hozirgi davrda xalqaro tashkilotlarning diplomatik huquq sohasini tartibga solish va rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar oʻrganib chiqildi. Chunki bundan besh yil avval Yangi O‘zbekistonda boshlangan tub islohotlar mamlakatimizning yangi, zamonaviy taraqqiyot va modernizatsiya yo‘liga o‘tishida, davlatimiz ichki va tashqi siyosati samaradorligini oshirishda ulkan rol o‘ynadi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha qonunchilik tizimini takomillashtirishga qaratilgan qator tavsiyalar ishlab chiqildi.
Kalit so'zlar
diplomatiya, tashqi siyosat, Oʻzbekiston Respublikasi, xalqaro tashkilotlar, diplomatik huquq, xalqaro tashkilotlarning diplomatik huquqi, xalqaro tashkilotlar qoshidagi vakolatxonalar, BMT.