SUD TERGOV AMALIYOTIDA PROTSESSUAL KELISHUVLARNI DIFFERENSIATSIYA QILISH VA TAKOMILLASHTIRISH MUAMMOLARI

Azimov Doniyor Esanovich

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi mustaqil izlanuvchisi, Jinoyat ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tuman sudi sudyasi

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Ushbu maqola sud tergov amaliyotida protsessual kelishuvlarni differensiatsiya qilish muammolarini tahlil qilishga qaratilgan. Aybiga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv jinoyat protsessining istalgan bosqichida va qonunda nazarda tutilgan boshqa holatlarda prokuror hamda gumonlanuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘rtasida tuziladigan kelishuvdir. Muallifning fikriga ko‘ra, protsessual kelishuvning mohiyatini ayblanuvchining aybiga nisbatan munosabatiga bog‘liqligi, ya’ni differensial yondashuv tashkil etadi. Aybiga iqrorlik haqida kelishuvdan qat’i nazar, sudyaning ishdagi mavjud dalillarni tekshirish va ularga baho berish majburiyati jismoniy yoki ruhiy majburlash natijasida kelishuv tuzishga majbur qilingan aybsiz shaxslarning hukm qilinmasligini ta’minlashga qaratilgan muhim kafolatdir. Shuningdek, maqolada protsessual kelishuv tuzilgan ishlar bo‘yicha aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlarni aniq belgilash zaruriyati ochib berilgan va asoslantirilgan. Bundan tashqari, maqolada protsessual kelishuv shakllarini differensiatsiya qilishning mezonlari ham tahlil qilingan. Muallif protsessual kelishuvning aybiga iqrorlik haqida protsessual kelishuv, yarashuv haqida protsessual kelishuv, tergov bilan hamkorlik haqida kelishuv kabi shakllarini o‘zaro qiyosiy o‘rgangan. Xorijiy mamlakatlar va turli huquqiy tizimlarda sud tergov amaliyotida protsessual kelishuvlarni differensiatsiya qilish muammolari ko‘rib chiqilgan.
Kalit so'zlar
protsessual kelishuv, aybiga iqrorlik, dalillarni taqdim etish, differensiatsiya, shikoyat berish, sud muhokamasi predmeti.