IJTIMOIY XAVFLI OQIBAT TUSHUNCHASI, TABIATI VA TUZILISHI: NAZARIYA, QONUN VA AMALIYOT
Xudaykulov Feruzbek Xurramovich
Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi dotsent v. b., yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Muallif haqida ma'lumot
Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Mazkur maqolada tadqiq etishning mantiqiylik, tizimlilik, mantiqiy-yuridik, qiyosiy-huquqiy metodlaridan keng foydalanilgan. Jumladan, birinchi navbatda, ijtimoiy xavfli oqibat tushunchasi va uning tuzilishi bosqichlari haqida atroflicha bayon qilingan. Shuningdek, ijtimoiy xavfli oqibat, umuman olganda, jinoyat tarkibi obyektiv tomoni fakultativ belgisi ekanligi, moddiy tarkibli jinoyatlarda u zaruriy belgi sifatida e’tirof etilishi va u haqda jinoyat huquqi nazariyasida olimlar tomonidan bildirilgan fikrlar, qarashlar yoritilgan bo‘lib, undan so‘ng esa jinoyat qonuni normasida qonun chiqaruvchi tomonidan ijtimoiy xavfli oqibatning ifodalanishi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari ketma-ket tavsiflab berilgan. Shu bilan birga, zamonaviy jinoyat huquqi nazariyasida mavjud jinoyat tarkibi obyektiv tomoni belgisi bo‘lgan ijtimoiy xavfli oqibat tushunchasi ishlab chiqilishida jinoyat obyektiv tomoni belgilarining o‘ziga xos ahamiyati bayon qilingan. Ushbu maqolada tadqiq etishning deduksiya metodi asosida jinoyat tarkibi obyektiv tomoni belgisi bo‘lgan ijtimoiy xavfli oqibat tabiati, tuzilishi va shakllari tadqiq etilgan va u to‘g‘risidagi jinoyat huquqida mavjud nazariy-ilmiy qarashlar o‘z aksini topgan. Shuningdek, ushbu maqolada jinoyat tarkibi obyektiv tomoni belgisi bo‘lgan ijtimoiy xavfli oqibat tushunchasi, tabiati, shakllari va tuzilishi, shu bilan birga, jinoiy oqibatning o‘ziga xos jinoyat-huquqiy ahamiyati va u bilan bog‘liq nazariy va amaliy muammolar yoritilgan. Shu bilan birga, jinoyat huquqi doktrinasi va unda mavjud ilmiy tadqiqotlar tahlil etilib, bu borada asosli nazariy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
jinoyat tarkibi, jinoyat obyektiv tomoni, zaruriy belgi, fakultativ belgi, moddiy tarkibli jinoyat, ijtimoiy xavfli oqibat, jinoyat-huquqiy ahamiyati.