O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA STARTAPLAR FAOLIYATINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISHNI TAKOMILLASHTIRISHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI

Tojiboyev Akbar Zafar o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti Ommaviy huquq fakulteti dekani o‘rinbosari, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b.

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Jahon amaliyotida innovatsiyalar iqtisodiy o‘sishni harakatlantiruvchi asosiy kuch sifatida e’tirof etiladigan hamda barqaror rivojlanish uchun shart-sharoitlar yaratadigan, turli-tuman muammolarni yechishga qodir bo‘lgan muhim omildir. Bugungi kunda yuridik fanga innovatsiya va innovatsion investitsiya shakllari hamda turlariga doir yangi tushunchalar kirib kelishda davom etmoqda. Zamonaviy innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan startaplar, venchur loyi­halar kabi innovatsion tushunchalar bunga yaqqol misoldir. Mazkur maqolada mamlakatimizda startaplar faoliyatini huquqiy tartibga solishni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari sanab chiqilgan hamda ular xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida tahlil qilingan. Xususan, maqolada innovatsion siyosatni amalga oshirishda startaplar mavqeyini belgilash, intellektual mulk natijalari huquqiy muhofazasini yanada optimallashtirish, startaplar faoliyatida shartnomaoldi muzokara institutini takomillashtirish, startaplar faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yaxshilash kabi yo‘nalishlarda qonunchilik bazasini takomillashtirish lozimligi qayd etilgan. Shuningdek, startaplar mavqeyini alohida qonun bilan belgilash, davlat tomonidan moliyalashtiriladigan startap natijalariga bo‘lgan huquqni davlat va loyiha egasi o‘rtasida taqsimlashga oid qonunchilikdagi normalarni takomillashtirish, venchur investor va startap o‘rtasida tuziladigan shartnomaoldi kelishuvlarni ishlab chiqish hamda startaplarga davlat tomonidan turli imtiyozlar taqdim etish kabi masalalar ilmiy-huquqiy tomondan asoslab berilgan.
Kalit so'zlar
startap, innovatsiya, innovatsion faoliyat, startap ekotizimi, intellektual mulk, moliya­lashtirish, startap va investor o‘rtasidagi shartnoma, korporativ shartnomalar, investitsion platformalar.