1 / 2023 son — Yurisprudensiya

Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan

Sodiqov Akmal Shavkat o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi dotsenti v. b., yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Ushbu maqolada norma ijodkorligi jarayonini ilmiy axborot bilan ta’minlash mexa­nizmini takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi norma ijodkorligi jara­yonida ilmiy axborot bilan ta’minlash masalasini tadqiq etish orqali bu borada O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha tegishli taklif, tavsiya va xulosalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot predmetini O‘zbekiston Respublikasida norma ijodkorligiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda ilmiy-nazariy konseptual yondashuvlar va huquqiy kategoriyalar tashkil etadi….

Narimanov Bekzod Abduvaliyevich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Mazkur tadqiqot ishida Endaument fondning (Endowment fund) hozirgi kundagi oʻrni, ularning oʻziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish orqali Endaument fondlar faoliyatining mazmun-mohiyati, maqsadlari hamda bu boradagi ilgʻor xorijiy tajriba tahlil qilingan. Ushbu maqsadga erishish uchun turli ilmiy va publitsistik maqolalar, olimlar fikri hamda statistik maʼlumotlar oʻrganildi. Tadqiqot natijasida mazkur fondlarning taʼlim sohasida tutgan oʻrni, rivojlangan xorijiy davlatlar tomonidan joriy etilgan jamoat fondlarining jamiyat va davlat foydasiga qoʻshayotgan hissasi aniq statistik maʼlumotlar asosida bayon qilingan…

Jurayev Sherzod Yuldashevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi dotsenti v. b., yuridik fanlar nomzodi

Annotatsiya
aqolada “elektron hukumat” tushunchasi muhokama qilinadi. Davlat hokimiyati ijroiya organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishi hisobiga elektron hukumat shakl­lanadi. Ilmiy sohada bir qarashda ularning mazmuniga o‘xshash bir nechta atamalar qo‘llanadi: “elektron davlat hukumati”, “elektron hukumat” va “elektron boshqaruv”…

Madiyev Faxriddin Hoshim o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi katta o‘qituvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada demografik va globallashuv jarayonidagi oʻzgarishlar natijasida shakllanayotgan virtual mehnat migratsiyasini tartibga solish istiqbollari, uning oqibatlari va sabablari oʻrganilgan….

Bokiyev Jahongir Nurmatjon o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Bugungi rivojlanib borayotgan dunyoda raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan ko‘pgina sohalarda samarali foydalanilmoqda. Xususan, ta’lim tizimida ham bunday imkoniyatlar kundan kunga ortib borayotganligi ta’lim olish huquqini ta’minlashga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bilamizki, o‘tgan so‘nggi ikki yil davomida butun insoniyatga og‘ir oqibatlar olib kelgan koronavirus pandemiyasi ta’lim sohasidagi ham bir qator haligacha yechimi topilmagan muammolarni ko‘rsatib berdi. Uzoq davom etgan pandemiya davrida masofaviy ta’lim ta’lim jarayonini davom ettirishning yagona yo‘li bo‘ldi…

Okyulov Omonboy

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yurist, yuridik fanlar doktori, professor

Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada ijod erkinligi va u bilan bogʻliq ravishda ijodkor muallif huquqlarining mohiyati, fuqarolik muomalasida ularning dinamikasi tahlil etiladi. Muallif fikricha, ijod erkinligini inson huquq va erkinliklarining tarkibiy qismi sifatida konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida yanada boyitish zaruriyati mavjud…

Tojiboyev Akbar Zafar o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti Ommaviy huquq fakulteti dekani o‘rinbosari, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b.

Annotatsiya
Jahon amaliyotida innovatsiyalar iqtisodiy o‘sishni harakatlantiruvchi asosiy kuch sifatida e’tirof etiladigan hamda barqaror rivojlanish uchun shart-sharoitlar yaratadigan, turli-tuman muammolarni yechishga qodir bo‘lgan muhim omildir. Bugungi kunda yuridik fanga innovatsiya va innovatsion investitsiya shakllari hamda turlariga doir yangi tushunchalar kirib kelishda davom etmoqda. Zamonaviy innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan startaplar, venchur loyi­halar kabi innovatsion tushunchalar bunga yaqqol misoldir…

Abduqodirov Abdurauf Bahodir o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik xalqaro markazi OTB ishtirokidagi loyiha huquqshunosi

Annotatsiya
Mazkur maqolada xalqaro xususiy huquqiy munosabatlarda yuridik shaxsga nisbatan qo‘llanadigan qonunni aniqlash bo‘yicha inkorporatsiya nazariyasining ahamiyati, uning doktrina va qonunchilikda qo‘llanishi, xalqaro shartnomalarda aks etganligi hamda amaliyotda tutgan o‘rni tadqiq qilingan…

Fayziyev Shuhrat Xasanovich

Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Ushbu maqolada tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni huquqiy ta’minlashning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Ilmiy-huquqiy polemika asosida davlatning tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi ekologik siyosatining asosiy yo‘nalishlari va tabiiy resurslar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish masalalari asoslab berilgan. Muallif “tabiatdan foydalanish”, “tabiiy resurslardan foydalanish”, “tabiiy resurslardan oqilona foydalanish”, “barqaror rivojlanish” va “tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy rejimi” kabi tushunchalarni ta’riflashga alohida e’tibor beradi…

Uzakova Go‘zal Sharipovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Ekologiya huquqi kafedrasi mudiri, yuridik fanlar doktori (DSc), dotsent

Аnisimov Аleksey Pavlovich

Don davlat texnika universiteti Jinoyat huquqi va ommaviy huquqiy fanlar kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Maqolada BMT Barqaror rivojlanish dasturida belgilangan asosiy maqsadlardan biri bo‘lgan aholi uchun toza suv va sanitariya mavjudligini taʼminlashning huquqiy jihatlari tadqiq etilgan. Mualliflar sohaga oid asosiy ekologik muammolarni statistik maʼlumotlar asosida o‘rgangan hamda ularning yechimiga doir asosiy xalqaro hujjatlarni keltirgan. Shuningdek, “ichimlik suvi”, “toza ichimlik suvi”, “sifatli ichimlik suvi”, “zarur miqdordagi ichimlik suvi” kabi tushunchalarga yuridik tavsif bergan.

Qodiraliyev Saddam Baxtiyorjon o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura kafedrasi o‘qituvchisi

Gulmurodov Firuzbek Olimjon o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti talabasi

Annotatsiya
Mazkur maqolada advokatlik tuzilmalarining huquqiy maqomi ilmiy-nazariy va huquqiy jihatdan tahlil qilingan boʻlib, bu borada advokatlik byurosi va yuridik maslahatxonaning tarkibiy xususiyatlari, ushbu advokatlik tuzilmalarining huquqiy maqomini takomillashtirish yuzasidan milliy va xorijiy tajriba oʻrganildi hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Advokatura to‘gʻrisida”gi qonuniga tegishli oʻzgartirishlar kiritish haqida takliflar berildi…

Xudaykulov Feruzbek Xurramovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi dotsent v. b., yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Mazkur maqolada tadqiq etishning mantiqiylik, tizimlilik, mantiqiy-yuridik, qiyosiy-huquqiy metodlaridan keng foydalanilgan. Jumladan, birinchi navbatda, ijtimoiy xavfli oqibat tushunchasi va uning tuzilishi bosqichlari haqida atroflicha bayon qilingan. Shuningdek, ijtimoiy xavfli oqibat, umuman olganda, jinoyat tarkibi obyektiv tomoni fakultativ belgisi ekanligi, moddiy tarkibli jinoyatlarda u zaruriy belgi sifatida e’tirof etilishi va u haqda jinoyat huquqi nazariyasida olimlar tomonidan bildirilgan fikrlar, qarashlar yoritilgan bo‘lib, undan so‘ng esa jinoyat qonuni normasida qonun chiqaruvchi tomonidan ijtimoiy xavfli oqibatning ifodalanishi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari ketma-ket tavsiflab berilgan…

Ataniyazov Jasurbek Kurbanbayevich

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti doktoranti, kapitan

Annotatsiya
Ushbu maqolada bugungi kunda javobgarlikdan ozod etishning protsessual tartibi – ish yuritishni rad etish va tugatish qarorlari ustidan shikoyat qilishda vujudga kelayotgan muammolar va mazkur masalalarning huquqiy tartibga solish jihatlari, qaror ustidan sudga murojaat qilish huquqining afzalliklari tadqiq etilgan. Maqolada mazkur qarorlar ustidan shikoyat qilishning protsessual tartibi yuzasidan amaliyot tahlili, mavjud muammolar va ularning yechimiga oid yetakchi ilmiy tashkilotlarning xulosalari tahlil qilingan…

Azimov Doniyor Esanovich

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi mustaqil izlanuvchisi, Jinoyat ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tuman sudi sudyasi

Annotatsiya
Ushbu maqola sud tergov amaliyotida protsessual kelishuvlarni differensiatsiya qilish muammolarini tahlil qilishga qaratilgan. Aybiga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv jinoyat protsessining istalgan bosqichida va qonunda nazarda tutilgan boshqa holatlarda prokuror hamda gumonlanuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘rtasida tuziladigan kelishuvdir. Muallifning fikriga ko‘ra, protsessual kelishuvning mohiyatini ayblanuvchining aybiga nisbatan munosabatiga bog‘liqligi, ya’ni differensial yondashuv tashkil etadi…

Rahmonov Shuhrat Naimovich

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi kafedra mudiri, dotsent, yuridik fanlar nomzodi

Annotatsiya
Maqolada mamlakatimiz taraqqiyotining zamonaviy davridagi O‘zbekistonning turli xalqaro tashkilotlar faoliyatidagi ishtirokining faollashuvi, jumladan, diplomatik va xalqaro tashkilotlar tizimida diplomatik huquqning shakllanishi va rivojlanishi bilan bog‘liq o‘zgarishlarning ijobiy taʼsiri tahlil qilingan. Qayd etilishicha, o‘tgan chorak asr davomida O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlarga a’zoligi va faoliyatidagi ishtiroki, shuningdek, xalqaro tashkilotlar qoshidagi vakolatxonalarni ochish, ularning maqomi, imtiyozlari va immunitetlari kabi masalalarni tartibga soluvchi milliy normativ-huquqiy hujjatlarning yaxlit tizimi yaratilgan…

Ko‘chimov Shuhrat Norqizilovich

Toshkent davlat yuridik universiteti professori v.b., filologiya fanlari doktori

Annotatsiya
Mazkur maqolada yurislingvistika, tezaurus, yuridik til, yuridik terminologiya, qonun tili, qonunchilik uslubi, yuridik tarjimashunoslik masalalari xususida fikr yuritiladi. Oʻzbekistonda yuridik tezaurus platformasini yaratish dolzarb vazifa ekanligi alohida ta’kidlanadi. Shuningdek, mustaqillik yillarida yuridil til va yuridik terminologiya sohasida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlari tahlil qilinadi, bu sohadagi muammolar aniqlanadi…