5 / 2023 son — Yurisprudensiya

Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan

Yoʻldoshev Azizjon Ergash oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti professori v. b., yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Maqolada jamoatchilik fikrini oʻrganishga oid Oʻzbekiston qonunchilik hujjatlari, amaliyoti, xalqaro standartlar va xorijiy tajriba tadqiq etildi. Tadqiqotning maqsadi ushbu jarayonning huquqiy asoslarini takomillashtirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etishdir. Tadqiqot jarayonida milliy qonunchilikda belgilangan “jamoatchilik fikrini oʻrganish” tushunchasi takomillashtirishga muhtoj ekanligi va tartibi ishlab chiqilmaganligi, uning shakllari ilmiy muloqotda mavjud emasligi, vositalari oʻz ma’nosiga mos kelmasligi va boshqa muammolar aniqlangan. …

Allakuliyev Mirjalol Davronbekovich

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Qonunchilik departamenti rahbari

Annotatsiya
Vakolatli davlat organlari tomonidan ishlab chiqiladigan har bir qonunchilik hujjati loyihasi u qabul qilingach, ijtimoiy munosabatlarning maʼlum bir sohasini huquqiy jihatdan tartibga solishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, qonunchilik hujjatlarining loyihalari Hukumatga, Prezident Administratsiyasiga faqat huquqiy ekspertiza yakuni boʻyicha ularni qabul qilishning maqsadga muvofiqligi haqidagi Adliya vazirligining xulosasi mavjud boʻlgandagina kiritiladi. …

Tursunova Sabina Ravshanovna

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada turizm va uning xavfsizligini ta’minlash borasidagi xalqaro va milliy qonunchilik tahlili va tasnifi keltirilgan hamda qonun hujjatlarining o‘ziga xos jihatlari, tartibga solish bo‘yicha imperativlik xususiyatlari yoritilgan. Muallif turizm va uning xavfsizligiga oid qonun hujjatlarini tasniflash barobarida turizm xavfsizligi tushunchasiga milliy huquqiy ta’rif shakllantirilmaganligiga urg‘u beradi, shuningdek, mazkur turizm xavfsizligi tushunchasiga huquqiy ta’rif belgilanishi qonunchilikning mazkur sohasi rivoji va istiqboli belgilanishida muhim ekanligini ta’kidlaydi. …

Gulomov Akmaljon Shukurillayevich

Samarqand davlat universiteti professori v. b., yuridik fanlar nomzodi

Annotatsiya
Ijtimoiy hayotda yuzaga keladigan munosabatlar turli huquq sohalarining qator institutlari bilan tartibga solinadi. Xususan, fuqarolik huquqi sohasida fuqarolik huquqi subyektlari o‘rtasida vujudga keladigan va shakllanadigan shunday munosabatlar borki, aniq hayotiy vaziyatning yuzaga kelishi sababli ularning rivojlanishi unda qatnashuvchi taraflarning huquqiy vorislari tomonidan ta’minlanadi. Bu institut sivilistikada suksessiya deb nomlanadi. Mazkur maqolada suksessiya institutining ta’rifi, universal va singulyar huquqiy vorislik masalalari, ularning fuqarolik qonunchiligida qo‘llanishiga doir masalalar o‘rganilgan. …

Imamova Dilfuza Ismailovna

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Fuqarolik va xalqaro xususiy huquq fanlari kafedrasi professori, yuridik fanlar nomzodi

Razakova Farangiz Karim qizi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakulteti magistranti

Annotatsiya
Mazkur maqoladа muаlliflar tоmоnidаn xаlqаrо tijоrаt аrbitrаjidа mаxfiylik tаmоyili tushunchаsi, tаrixi, ulаrning yuridik tаvsifi, qiyоsiy-huquqiy tаhlili vа ushbu hоlаtlаrni qо‘llаshning аmаliy jihаtlаri bilаn bоg‘liq mаsаlаlаr bаyоn qilingan. Bundаn tаshqаri, mаxfiylik va dаxlsizlik tаmоyillаrigа tааlluqli hujjаtlаr vа shаxslаr dоirаsi tаhlil qilinib, xаlqаrо tijоrаt аrbitrаji аmаliyоtidа mаxfiylikni sаqlаsh muаmmоlаri aniqlangan. Mаxfiylik tаmоyili vа dаvlаt mаnfааtlаri о‘rtаsidаgi о‘zаrо bоg‘liqlikkа аlоhidа urg‘u berilgan. …

Isakulov Abduaziz

Kardozo huquq maktabi, yuridik fanlar nomzodi

Annotatsiya
Ushbu maqola xalqaro tijoriy arbitraj ishlari boʻyicha davlat korxonalari obyektivi orqali arbitraj bandini imzolamaganlarga, xususan, davlatlarga uzaytirish boʻyicha sud amaliyotini koʻrib chiqadi. Maqolada, shuningdek, tijorat arbitraji ishlarida qoʻllanadigan huquqiy asoslar va doktrinal nazariyalar, arbitraj bandini imzolamagan davlatga uzaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun zarur huquqiy asoslar koʻrib chiqilib, bunday nizolarning oʻziga xos xususiyatlari muhokama qilinadi.

Saidov Maqsudbek Norboyevich

G‘ijduvon tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Mazkur maqolada iqtisodiy sudlarga taalluqli boʻlgan korporativ nizolar boʻyicha sudlarga murojaat qilish bosqichidan boshlab ularning sudlar tomonidan koʻrib chiqilishi va hal etilishiga qadar boʻlgan jarayonlar aks ettirilgan boʻlib, korporativ nizolarni hal etishning oʻziga xos xususiyatlari sanab oʻtilgan. Jumladan, korporativ nizolarning umumiy yurisdiksiya sudlaridan xoʻjalik sudlariga oʻtkazilishi va bu boradagi taalluqlilik instituti bilan bogʻliq masalalar sud amaliyotidan olingan misollar bilan yoritilib, …

Niyozova Salomat Saparovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Mazkur maqolada voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilganlik uchun jinoiy javobgarlik masalalari o‘rganilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 127-moddasida nazarda tutilgan voyaga yetmagan shaxsni spirtli ichimliklar iste’mol qilish, giyohvandlik vositalari va ularning analoglari yoki psixotrop hisoblanmagan, lekin kishining aql-idrokiga ta’sir qiladigan vosita va moddalarni iste’mol qilish hamda jinoyat sodir etishga jalb qilish kabi og‘irlashtiruvchi holatlar tahlil etilgan. …

Tairova Gulmira Murodjonovna

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi katta o‘qituvchisi, adliya kichik maslahatchisi

Annotatsiya
Maqolada muallif Buyuk Britaniyadagi jinoyatchilikka qarshi kurashishning o‘ziga xos jihatlarini ochib berishni maqsad qilgan. Xususan, jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimining alohida elementlari hisoblangan jinoiy siyosatda tayaniladigan doktrinal-kriminologik yondashuvlar, jinoyatchilikka qarshi qonunchilik hamda huquqni muhofaza qilish amaliyotining e’tiborga molik alohida xususiyatlariga urg‘u berilgan. Ma’lumki, Britaniyaning jinoyatchilikka qarshi kurashish modeli undagi anglo-sakson huquq tizimi hamda anglo-amerika kriminologik maktablari ta’sirida shakllangan. …

Islomov Bunyod Ochilovich

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi, “KDB Bank O‘zbekiston” AJ bosh yuriskonsulti

Annotatsiya
Ushbu maqolada Misr Arab Respublikasi jinoyat qonun hujjatlarida o‘z aksini topgan jazoni yengillashtirish instituti, shu jumladan, jinoyat qonunining ortga qaytish kuchi, tamom bo‘lmagan jinoyatlarning suiqasd bosqichida sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash, og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarni inobatga olgan holda jazo tayinlash, voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligining o‘ziga xos xususiyatlari, yengilroq jazo tayinlash tartibi, …

Suyunova Dilbar Joldasbayevna

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Maqolada prokuror ayblov xulosasini tasdiqlaganida va ishni sudga topshirganda shaxsni hibsga olish muddatlari masalalari tahlil qilinadi. Muallif sudgacha va sud muhokamasining muhim jihatlari, masalan, qamoqqa olish shaklida ehtiyot chorasini tanlash, bunday qamoqqa olish muddatlari, qamoqqa olish muddatlarini uzaytirish masalalarini tadqiq qilgan. Shu bilan birga, sudgacha bo’lgan bosqichda, jinoyat ishini sudga topshirishda, ishni sud muhokamasiga tayinlashda, ishni qonunda belgilangan muddatlarda ko’rib chiqishda, hibsga olishda shaxsning huquq va erkinliklari qat’iy tartibga solinishiga qaramay, ba’zida undan og‘ish kuzatiladi. …

Nurmatov Bobir Abdusattorovich

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi katta tezkor xodimi

Annotatsiya
Mamlakatimizni modernizatsiya va isloh etish sharoitida huquqni muhofaza qiluvchi va sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalo, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini har tomonlama himoya qilishga qaratilgan. Bu davlatga bosh islohotchi rolini berish, qonun ustuvorligini taʼminlash, kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, bosqichma-bosqich va asta-sekinlik bilan davom etayotgan islohotlardir. …

Yermekbayev Bauirjan Amantayevich

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Jinoiy-huquqiy va fuqarolik-huquqiy fanlar kafedrasi assistent o‘qituvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada jinoyat protsessida tergov harakati hisoblangan tintuv o‘tkazish tushunchasi va tintuv o‘tkazishda shaxs huquqlari va qonuniy manfaatlarining protsessual kafolatlari masalalari atroflicha tahlil qilingan. Bunda tintuv tushunchasi bo‘yicha jinoyat-protsessual qonunchilikda belgilangan normalar, soha mutaxassislari va olimlarning bu boradagi qarashlari o‘rganilib, mualliflar tomonidan ushbu tushunchaning ta’rifi ishlab chiqilgan. O‘z navbatida, uning olib qo‘yish tergov harakati tushunchasidan farqli jihatlari ochib berilgan. …

Yusupova Faringiz O‘ktam qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Sog‘liqni saqlash sohasiga axborot telekommunikatsiya texnologiyalarining kirib kelishi tibbiy xizmatlarga talab keskin o‘sishi va sog‘liqni saqlash tizimining jadal rivojlanishiga turtki bo‘ldi. 2020-yil boshida mamlakatimiz va butun dunyoda Covid-19 pandemiyasining tarqalishi normal hayot tarziga katta salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ayniqsa, bu paytda dunyo aholisi odatiy turmush tarzini o‘zgartirishga, ya’ni o‘zini izolyatsiya qilish va uyda qolishga majbur bo‘ldi. Bu esa insonlar faolligini kamaytirib, o‘zaro aloqalar va muloqotni minimallashtirdi. …