4 / 2023 son — Yurisprudensiya

Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan

Sodikov Akmal Shavkat o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi dotsenti v. b., yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Ushbu maqolada milliy norma ijodkorligini axborot bilan ta’minlashni takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi norma ijodkorligi jarayonini axborot bilan ta’minlash masalasini tadqiq etish orqali bu borada O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha tegishli taklif, tavsiya va xulosalar ishlab chiqishdan iborat. …

Jurayev Sherzod Yuldashevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi

Annotatsiya
Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-833-sonli qonuni asosida Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksga 151-bobning kiritilishi munosabati bilan “Kelishuv bitimi” instituti tahliliga bagʻishlangan. …

G‘oziyev Kozimbek Javlonbekovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada tibbiyot xodimlari tomonidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik jinoyati tushunchasi, jinoyatning o‘ziga xos belgilari hamda ushbu jinoyatning asosiy tushunchalariga oid masalalar bayon etilgan. Shuningdek, bugungi kunda respublikamizda tibbiyot xodimlarining o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik jinoyatining yildan yilga o‘sib borayotganligi, bu esa ushbu jinoyatlarga qarshi kurash tizimini yanada takomillashtirish zarurati asoslantirilgan. …

Madiyev Faxriddin Xoshim oʻg‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi katta oʻqituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning shaxsiy hayot daxlsizligi huquqiga nisbatan ta’siri nazariy tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi, jamiyat hayotida raqamli texnologiyalarning keng joriy qilinishi fuqarolarning shaxsiy hayoti daxlsizligini ta’minlash borasida ilmiy tadqiqotlar olib borishni taqozo etmoqda. …

Mehmonov Qambariddin Miradhamovich

Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Ushbu maqolada sanoat mulki obyektlari mualliflarini rag‘batlantirish masalalari ilmiy jihatdan tahlil qilingan bo‘lib, mualliflarni shaxsiy va mulkiy rag‘batlantirish choralari muhokama qilingan. Sanoat mulki obyekti mualliflari uchun nima muhim: ixtironi ommaga oshkor qilishmi va patent olish yoki muayyan obro‘-e’tiborga ega bo‘lish va moddiy manfaatdor bo‘lishmi? Ushbu masalani nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etish natijasida muallif bir qator ilmiy taklif va xulosalarni ilgari surgan. Shaxsiy rag‘batlantirish mulkiy rag‘batlantirish bilan bir qatorda mualliflarga katta motivatsiyalar berishi mumkin. …

Аslоnоv Nаvrо‘zbek Rustаmоvich

Insоn huquqlаri bо‘yichа О‘zbekistоn Respublikаsi Milliy mаrkаzi tаyаnch dоktorаnti

Annotatsiya
Ushbu mаqоlаdа insоnning аxbоrоt оlish huquqiga dоir hujjаtlаr vа ulаrning qisqаchа tаhlili keltirib о‘tilgаn. Insоnning аxbоrоt оlish huquqi insоn huquqlаri tizimining tаrkibiy qismlаridаn biri sifаtidа e’tirоf etilаdi. Insоn huquqlаrini tа’minlаshdа аxbоrоt оlish muhim аhаmiyаtgа ega va demоkrаtik dаvlаtlаrning muhim belgilаridаn biridir. Insоnning аxbоrоt оlish huquqi mаsаlаsi, shuningdek, аxbоrоt huquqiy munоsаbаtlаrining umumiy mаsаlаlаri ilmiy yаngilikkа egа vа mаhаlliy huquq fаnidа endiginа о‘z о‘rnini egаllаmоqdа. Qоnun chiqаruvchi оrgаnning аxbоrоt оlish huquqi muаmmоsigа qiziqishi оrtmоqdа. …

Esanova Zamira Normurotovna

Toshkent davlat yuridik universitetiFuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Mazkur maqola fuqarolik protsessual huquqining eng qadimiy va dolzarb institutlaridan biri boʻlgan taalluqlilik mavzusiga bagʻishlangan boʻlib, ushbu mavzu mazmun-mohiyatidan kelib chiqayotgan nizolar (ishlar)ni qaysi organ koʻrib chiqishi vakolati, uning mezonlari va shartlari, shuningdek, ushbu sohada sud va boshqa organlarning vakolati doirasi oʻrin olgan. Taalluqlilikning vazifasi keng maʼnoda shaxslar (jismoniy va yuridik)ning huquq va manfaatlarini himoya qilishning shakllari (sud yoki sudsiz tartibda hal qilish)ni belgilaydi. …

Xabibullayev Davlatjon Yulchiboyevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi mudiri, yuridik fanlar nomzodi, professor

Annotatsiya
Mazkur maqolada fuqarolik protsessida odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxs sifatida guvohning ishtiroki bilan bogʻliq ayrim masalalar tahlil etilgan. Xususan, fuqarolik protsessida guvoh tushunchasi, uning protsessual huquq va majburiyatlari boʻyicha fuqarolik protsessual qonunchiligi hamda fuqarolik protsessual huquqi fani nazariyasiga oid huquqshunos olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari o‘rganilgan. …

Xayrullina Asal Bahodirovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Maqolada nizolarni hal etishning muqobil usuli va huquqiy madaniyatni takomillashtirish vositasi sifatida mediatsiya instituti o‘rganilgan. Nizolarni sudgacha hal etish mexanizmi, ya’ni nizo taraflarini mediator ishtirokida yarashtirishni belgilovchi mediatsiya uzoq vaqtdan beri rivojlangan xorijiy mamlakatlar amaliyotida qo‘llaniladi va nizoni muqobil hal etishning samarali usullaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Shu munosabat bilan maqolada ushbu tartib-taomilni Singapur, Germaniya, Belarus, Gruziya kabi xorijiy mamlakatlar va O‘zbekiston amaliyotida qo‘llashning qiyosiy tahlili, shuningdek, ularning bu boradagi tajribasi, mediatsiyaning afzalliklari va kamchiliklari keltirilgan. …

Xojabekov Muftulla Jolmurza uli

Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘rindoshlik asosida ishlaydigan shaxslarning mehnatiga haq to‘lashning adolatli tartibi yoritilgan. Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ish beruvchiga o‘z xodimlariga ish haqining turli tizimlari, shakllari va miqdorlarini belgilash uchun keng imkoniyatlar berishiga qaramay, o‘rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlar muayyan to‘lovlar bo‘yicha o‘z talablarini asoslashlari kerak. Mazkur maqsadga erishish uchun maqolada o‘rindoshlar mehnatiga haq to‘lash mehnat shartnomasining asosiy shartlaridan biri sifatida batafsil ko‘rib chiqilgan. Bundan tashqari, maqolada xodim ish haqining taxminiy hisob-kitobi keltirilgan. …

Javliyeva Gullola Abdurahim qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti

Annotatsiya
Bugungi kunda ijtimoiy munosabatlarning murakkablashuvi, ishlab chiqarishni tashkil etishning o‘zgarishi, globallashuv jarayoni, jamiyatning liberallashuvi natijasida mehnat bozori mavjud huquqiy tartib uchun noan’anaviy bo‘lgan ish bilan ta’minlashning yangi, notipik shakllari paydo bo‘lishi va faol tarqalishi bilan bog‘liq tarkibiy o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Mazkur maqolada notipik mehnatning bir turi hisoblangan masofaviy mehnatni tartibga solish masalalari yoritilgan. Masofaviy mehnatning qonunchilik bilan ta’minlanganlik darajasi Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Moldaviya, Ozarbayjon, Armaniston davlatlari tajribalari asosida o‘rganilgan. …

Hakimov Komil Baxtiyorovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Mazkur maqolada zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib va kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirishning farqli jihatlari yoritilgan. Maqolada ikki vaziyatga, birinchidan, rashk nafaqat er-xotin o‘rtasidagi munosabatlar, balki u kengroq doiradagi insonlar o‘rtasidagi munosabatlarga ham tegishli tushuncha ekanligi hamda rashk hissi ota-ona va farzandlar yoki boshqa qarindoshlar yoxud unashtirilgan yigit va qiz yoki bir-birini sevganlar o‘rtasida ham vujudga kelishi mumkinligi borasidagi fikrlar tahlil etilgan. …

Kamalova Dildora Gayratovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti dekani, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Mazkur maqolada zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib va kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirishning farqli jihatlari yoritilgan. Maqolada ikki vaziyatga, birinchidan, rashk nafaqat er-xotin o‘rtasidagi munosabatlar, balki u kengroq doiradagi insonlar o‘rtasidagi munosabatlarga ham tegishli tushuncha ekanligi hamda rashk hissi ota-ona va farzandlar yoki boshqa qarindoshlar yoxud unashtirilgan yigit va qiz yoki bir-birini sevganlar o‘rtasida ham vujudga kelishi mumkinligi borasidagi fikrlar tahlil etilgan. …

Tulaganova Gulchehra Zaxitovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Ushbu maqolada milliy va xorijiy jinoyat-protsessual qonunchilikning tarixi, jinoyat ishlarini soddalashtirilgan tartibda yuritishning oʻziga xos jihatlari ko‘rib chiqilgan. Oʻzbekistonda islohotlarning dolzarb boʻgʻini boʻlgan qonun ustuvorligini taʼminlash, sud-huquq tizimini isloh etish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida strategik qadamlar tashlanmoqda. Shubhasiz, bu oʻzgarishlar xalq manfaatlari yoʻlida olib borilayotgan amaliy ishlarning ifodasidir. …

Bozorova Nasiba Poʻlotjonovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi

Annotatsiya
Iogann Volfgang Gyote ota tomonidan ham, ona tarafidan ham Frankfurtdagi mashhur huquqshunoslar sulolasi davomchisi boʻlgan. Uning faoliyati ham universitet tahsilidan boshlab huquqshunoslik bilan bogʻliq kechgan. Garchi adib hayotining asosiy qismini huquq sohasida xizmat qilib oʻtkazgan boʻlsa-da, u adabiyot, badiiy ijod ortidan shuhrat choʻqqisiga koʻtarildi. Gyote oʻz asarlarida adabiy-estetik, diniy-falsafiy qarashlar bilan birga siyosiy, ijtimoiy, huquqiy muammolarni ham keng yoritgan. …

Azimova Dilafruz Mirzatullayevna

Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat boshqaruvi kafedrasi dotsenti v. b., iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Samarali korporativ boshqaruv korxonaning muvaffaqiyatli faoliyatining muhim sharti hisoblanadi. Shuningdek, barqaror rivojlanishni aniqlovchi, aksiyadorlar, mijozlar va boshqa aloqador shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi, korxonaning moliyaviy faoliyati samaradorligini oshirish sohasidagi eng muhim yo‘nalishdir. Korporativ boshqaruvning oilaviy modeli yoki oilaviy kapitalizm hamda oilaviy biznes guruhlari dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida keng tarqalgan. …