KORPORATIV NIZOLARNI HAL ETISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Saidov Maqsudbek Norboyevich
G‘ijduvon tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada iqtisodiy sudlarga taalluqli boʻlgan korporativ nizolar boʻyicha sudlarga murojaat qilish bosqichidan boshlab ularning sudlar tomonidan koʻrib chiqilishi va hal etilishiga qadar boʻlgan jarayonlar aks ettirilgan boʻlib, korporativ nizolarni hal etishning oʻziga xos xususiyatlari sanab oʻtilgan. Jumladan, korporativ nizolarning umumiy yurisdiksiya sudlaridan xoʻjalik sudlariga oʻtkazilishi va bu boradagi taalluqlilik instituti bilan bogʻliq masalalar sud amaliyotidan olingan misollar bilan yoritilib, korporativ nizolardan kelib chiqqan va u bilan sababiy bogʻlanishda boʻlgan ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan barcha nizolar iqtisodiy sudlar tomonidan hal etilishi lozimligi toʻgʻrisida xulosa qilinib, bu bilan korporativ munosabat ishtirokchilarining huquqlarini sud orqali samarali himoya qilishga erishilishi asoslantirilib berilgan. Shu bilan bir qatorda, korporativ nizolarning iqtisodiy sudlar tomonidan hal etilishida boshqa toifadagi nizolardan farqli jihatlariga alohida urgʻu berilib, amaliyotda yoʻl qoʻyilayotgan ayrim xato va kamchiliklar, turli xil yondashuvlar tahlil qilinib, bu boradagi xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda shaxsiy mualliflik pozitsiyasi bildirilgan va sud amaliyotini unifikatsiya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Plenum qarorida tushuntirish berilishi yuzasidan takliflar berilgan.
Kalit so'zlar
korporativ munosabat, ishtirokchi, korporativ huquqlarni amalga oshirish, korporativ huquqlarni himoya qilish, korporativ nizo, sudga taalluqlilik, sudlovga tegishlilik.
Iqtibos uchun
For citation: