OʻZBEKISTONDA MA’MURIY ODIL SUDLOV MUAMMOLARI VA MA’MURIY SUDLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH IMKONIYATLARI

Ne’matov Jo‘rabek Ne’matilloyevich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi professori v.b., yuridik fanlar doktori

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Mazkur maqolada jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlari va ular mansabdor shaxslarining qonunga zid qaror, harakati (harakatsizligi) yuzasidan ma’muriy sudga shikoyat qilish huquqini amalga oshirishning ayrim jihatlari tahlil qilingan. O‘zbekistonda ma’muriy yustitsiyaning kelib chiqish tarixi, ma’muriy sudlar tizimini isloh qilishga qaratilgan qonunchilikdagi o‘zgarishlar keltirib o‘tilgan. Amalga oshirilgan islohotlar natijasida ma’muriy sudlar faoliyati birmuncha takomillashtirilgan bo‘lsa-da, mazkur maqola doirasida tahlil qilingan ma’muriy sud ishlarini yuritishda sudga taalluqlilik masalasi hali-hanuz eng bahsli va munozarali masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. 2022-yil 29-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash hamda aholining sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–107-sonli qarori qabul qilindi. Maqolada mazkur Qaror ijrosiga qaratilgan bir necha huquqiy masalalar tahlili ham keltirilgan. Shunga ko‘ra, maqolada sudga taalluqlilikning eng ko‘p uchraydigan huquqiy muammolari tahlil qilingan. Jumladan, maqola doirasida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar va ma’muriy sudlar, iqtisodiy sudlar va ma’muriy sudlar, harbiy sudlar va ma’muriy sudlar o‘rtasidagi sudga taalluqli ishlarni ajratib olishning asosiy mezonlari ochib berilgan. Sud amaliyotida uchrayotgan ayrim muammoli masalalar yuzasidan ilmiy asoslantirilgan yechimlar taklif etilgan.
Kalit so'zlar
ma’muriy sudlar, sudga taalluqlilik, ma’muriy sud ishlarini yuritish, ma’muriy yustitsiya.