MUALLIFLIK HUQUQLARINI JAMOAVIY BOSHQARISHNING HIMOYA QILISH OBYEKTI: SUN’IY INTELLEKT VA MUALLIFLIK HUQUQI O‘RTASIDAGI MUAMMOLAR

Yakubova Iroda Bahramovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Intellektual mulk huquqi kafedrasi dotsenti,
yuridik fаnlаr bo‘yichа fаlsаfа doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Mavzu doirasida yangi, yuqori texnologiyali sohalarda nafaqat mualliflar – mualliflar jamiyati aʼzolari, balki boshqa barcha mualliflar, shu jumladan, nomaʼlum mualliflarga nisbatan ham amalga oshiriladigan butunlay boshqa turdagi jamoaviy boshqaruvga ehtiyoj borligi va uning ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, mavzuning asosiy obyekti sifatida mantiqiy va ijodiy funksiyalarni bajaradigan sun’iy intellekt tizimi haqida fikr-mulohazalar bildirilgan. Sun’iy intellekt hozirgi axborot asrida juda dolzarb bo‘lib, uning yordamida insoniyat ilm-fanda yangi imkoniyatlar ochib, XXI asrning global muammolariga yechim topmoqda. Bundan tashqari, SI tibbiyot, taʼlim, energetika, qishloq xoʻjaligi, shaharsozlik va boshqa barcha sohalarda sifatli xizmat koʻrsatish imkoniyatini oshirmoqda. Shu bilan birga, mualliflik huquqi doirasida huquq egalari jamoaviy boshqaruv tashkilotlari tomonidan berilgan vakolatlar asosida o‘z nomidan asarlar (mualliflik va turdosh huquqlar obyektlari)dan foydalanadigan shaxslar bilan shartnomalar tuzishi, mualliflik huquqi egalariga to‘lovlarni yig‘ish, tarqatish va to‘lash masalalari ham atroflicha o‘rganilgan. Ushbu institutni takomillashtirish bilan bog‘liq ayrim dolzarb muammolar, mualliflik huquqini himoya qilishning xalqaro standartlari va milliy qonunchilikning qiyosiy-huquqiy tahlili, shuningdek, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar olimlarining fikrlariga eʼtibor qaratilgan. Mualliflik huquqini rivojlantirish uchun ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif hamda tavsiyalar ilgari surildi.
Kalit so'zlar
mualliflik huquqi, huquq egalari, sun’iy intellekt, mualliflik shartnomalari, mualliflik haqi, jamoaviy boshqarish, adabiy, badiiy va san’at asarlari, asl nusxalar, asarlardan foydalanish, ijro etish, nashr etish, to‘lovlarni yig‘ish, to‘lovlarni tarqatish, to‘lovlarni to‘lash, kengaytirilgan jamoaviy boshqarish.