MARKAZIY OSIYO DAVLATLARIDA HUQUQ TIZIMI RIVOJINING AYRIM XUSUSIYATLARI

Axmedshaeva Mavluda Axatovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Maqolada hozirgi zamon Markaziy Osiyo mamlakatlari huquq tizimining rivojlanish xususiyatlari tahlil qilingan. Ushbu davlatlar huquqiy tizimlari rivojlanishining ham umumiy, ham oʻziga xos jihatlariga qiyosiy nuqtayi nazardan yondashilgan. Ushbu mamlakatlarning huquq tizimlari uchun umumiy boʻlgan jihatlar, shuningdek, alohida davlatlar huquqiy rivojlanishiga xos xususiyatlar tahlil qilingan. Jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlari konstitutsiyalaridagi davlatning ijtimoiy mohiyati va mazmunini belgilab beruvchi ayrim oʻxshash normalar mazmuni qiyoslangan. Taʼkidlanganidek, ushbu mamlakatlarning huquq manbalari tizimlariga xos boʻlgan umumiy va oʻziga xos xususiyatlar, xususan, Oliy sudlar qarorlarining maqomi bilan bogʻliq masalalar oʻrganilgan. Ingliz huquqining taʼsiri va uning xalqaro hamkorlik sohasida, aniqrogʻi, biznes va tijorat sohasida qoʻllanishi istiqboli kabi huquq tizimi rivojlanish tendensiyalariga eʼtibor qaratilgan. Normativ-huquqiy hujjatlarga oid qonun hujjatlarining ayrim xususiyatlari, jumladan, kodekslar, ularning xilma-xilligi va ular rivojining umumiy yoʻnalishlari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada ingliz huquqini joriy etish masalasi ancha murakkab jarayon ekani, u katta moddiy va tashkiliy resurslarni talab qilishi ta’kidlanadi.
Kalit so'zlar
huquq, huquq tizimi, Markaziy Osiyo mintaqasi, huquq tizimining rivojlanishidagi umumiylik, huquq manbalari, yuqori sudlar qarorlarining holati, normativ qarorlar, ingliz huquqi, ingliz huquqining taʼsiri.