O‘RMON VA O‘SIMLIK DUNYOSIGA OID HUQUQIY DOKTRINA VA NAZARIY KONSEPSIYALAR

Mahkamov Durbek Ne’matovich

Toshkent davlat yuridik universiteti
dotsenti, yuridik fanlar nomzodi

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘rmon va o‘simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanishga oid ilmiy-nazariy tushunchalar va konsepsiyalar to‘g‘risida fikr yuritilgan. Bundan tashqari, o‘rmon hamda o‘simlik dunyosi obyektlari tushunchalarining o‘zaro farqli jihatlari, qonunchilikdagi tushunchalar bilan o‘zaro nisbati, ilmiy-nazariy fikrlar va normativ-huquqiy hujjatlarning qiyosiy tahlili, mualliflik taklif va mulohazalari berilgan. Shu orqali o‘simlik va o‘rmonni muhofaza qilish o‘rtasidagi huquqiy chegara masalalariga aniqlik kiritilgan hamda mualliflik pozitsiyasidan kelib chiqqan holda ilmiy munosabat bildirilgan. Bunda, asosan, mantiqiy tahlil, tarixiylik, qiyosiy-huquqiy uslublardan foydalangan holda, turli davrlarda tadqiqot olib borgan olimlar fikrlari o‘rganilgan. Bundan tashqari, xalqaro huquqiy hujjatlardagi o‘rmon va o‘simlik dunyosini muhofaza qilishning huquqiy holati bayon etilgan. Xulosa qismida xorijiy davlatlarning ijobiy tajribasidan foydalanish va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini har tomonlama takomillashtirishga e’tibor qaratilgan.
Kalit so'zlar
o‘simlik dunyosi, o‘rmon, ekologik qonunchilik, tabiiy resurs, o‘simlikdan foydalanish, o‘rmondan foydalanish, yashil zona, ekologik hudud.