FRANSIYADA MULK HUQUQI HAMDA BOSHQA ASHYOVIY HUQUQLAR
Koryogdiyev Bobur Umidjon o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti
Fuqarolik huquqi kafedrasi o‘qituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Mazkur ilmiy tadqiqotda amaldagi Fransiya fuqarolik kodeksi bo‘yicha Fransiya fuqarolik huquqi ko‘rib chiqiladi. Maqolada feodal taqiq va cheklovlardan xoli yangi burjua huquqini shakllantirish uchun ashyoviy huquqlar, xususan, mulk huquqi va uni himoya qilish usullari, shuningdek, Rim huquqining ta’siri, inqilobiy qonunchiligi va kanon huquqini tartibga soluvchi normalar tahlil qilinadi. Bundan tashqari, Fransiya fuqarolik huquqining o‘ziga xosliklari, jumladan, xususiy huquqning institutsiyaviy xarakterda ekanligi va huquqdagi dualizm haqida tahlil olib borilgan. O‘zbekiston Respublikasi huquq tizimi Fransiya Respublikasining huquq tizimi bilan bir xil huquq oilasi nuqtayi nazaridan o‘xshash bo‘lsa ham, huquqning har bir mamlakat ijtimoiy hayoti va milliy qadriyatlariga moslashishini hisobga olib, ashyoviy huquqqa oid ayrim farqlar ham tahlil qilindi. Xususan, mamlakatimiz fuqarolik qonunchiligida mavjud bo‘lgan egalik qilish huquqi konsepsiyasi Fransiya Respublikasidan farq qilib, jismsiz ashyolar ham mulk deb e’tirof etilgani uchun bunday huquq mavjud emas, degan nazariya ham mavjud. Qolaversa, Fransiya Respublikasida qonuniy mulkka ega bo‘lish asoslari orasidagi egalik muddati, mulk huquqini qo‘lga kiritish nisbatan mulkdor manfaatlarini ko‘proq himoya qilgan holda, ko‘chmas mulkka nisbatan 30 yilni tashkil etib, agar faktik egallovchi insofli (good faith) harakat qilsa, bu muddatni qisqartiruvchi omil ekanligi ham o‘ziga xosliklaridan biri ekanligi o‘rganib chiqildi.
Kalit so'zlar
corpus iuris civilis, ashyoviy huquq (iura in rem), shaxsiy huquq (iura ed rem), vindikatsion da’vo, negator da’vo, “numerus clauses” tamoyili.