RAQAMLI ARBITRAJDA ONLAYN NIZOLARNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MASALALARI

Bahromova Mohinur Bahromovna

Toshkent davlat yuridik universiteti
Intellektual mulk huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Raqamli arbitraj nizolarni hal qilishning muqobil mexanizmi bo‘lib, asosan, elektron aloqa vositalaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Raqamli arbitraj an’anaviy arbitraj yurisdiksiyasi va boshqa ОDR bilan solishtirganda, ba’zi afzalliklarga ega, chunki bu nizoni hal qilishning tez, tejamkor va samarali usuli hisoblanadi. Nizolarni raqamlashtirilgan muhitda hal qilish B2B elektron tijorat operatsiyalaridan kelib chiqadigan kelishmovchiliklarni hal qilish uchun ideal vosita bo‘lishi mumkin. Negaki u nizolashuvchilarga ularning jismoniy ishtirokisiz amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan, vaqt va pulni tejaydigan tartib va nizo predmeti bo‘yicha xolis ekspert tomonidan qabul qilingan yakuniy raqamli arbitraj qarorini taqdim etadi. Hozirda raqamli arbitraj tartib-qoidalarini mukammal tartibga solishga mo‘ljallangan amaldagi qonunchilik bazasi mavjud emas. Shuning uchun huquqshunoslar an’anaviy arbitrajlar uchun qo‘llaniladigan qoidalardan foydalanishga majbur. O‘ylaymizki, ushbu tartib-qoidalarni belgilovchi maxsus huquqiy normalarning ishlab chiqilishi sohani tartibga solish jarayonini ancha tezlashtiradi.
Kalit so'zlar
arbitraj, raqamlashtirish, sun’iy intellekt (AI), blokcheyn texnologiyasi, nizolarni onlayn hal etish tizimi (ODR), O-Arb, lex situs, lex mercatoria, COVID-19.
Iqtibos uchun
For citation: