O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY JAVOBGARLIGIGA OID HUQUQIY ASOSLARNI TAKOMILLASHTIRISH
Hoshimxonov Аhror Mo‘minovich
Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori,
yuridik fanlar nomzodi, dotsent
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada Hukumat javobgarligiga oid ilmiy-nazariy asoslar to‘g‘risida fikr yuritilib, huquqshunos olimlarning ushbu yo‘nalishdagi mulohaza va tadqiqot natijalari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada Hukumat javobgarligiga daxldor bo‘lgan xorijiy mamlakatlarning konstitutsiyaviy-huquqiy amaliyoti qiyosiy-huquqiy jihatdan o‘rganilib, tegishli xulosalar ilgari surilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati konstitutsiyaviy-huquqiy javobgarligiga oid konstitutsiyaviy-huquqiy asoslar tahlili natijasiga ko‘ra, ushbu asoslar mexanizmlarini yanada takomillashtirish yuzasidan nazariy va amaliy taklif hamda tavsiyalar ilgari surilgan. Vazirlar Mahkamasi jamiyat hayotida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib, o‘zi ham ushbu munosabatlarning faol ishtirokchisi sifatida maydonga chiqsa-da, bu kabi munosabatlar Konstitutsiyada belgilangan hukumatning asosiy vakolatlari asosida amalga oshirilganligi sababli ham ularning baʼzilarini biz konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar sifatida baholashimiz mumkin. To‘g‘ri, hukumatning barcha faoliyat tartibi va uni amalga oshirish mexanizmlari Asosiy qonunda o‘z ifodasini topmagan. Biroq bu munosabatlarning eng asosiy va umumiy jihatlari aynan Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgan. Hukumatning masʼuliyati va javobgarlik masalalari uning bu kabi munosabatlarda davlat hokimiyatining oliy organlari, jumladan, Prezident va Oliy Majlis bilan o‘zaro aloqadorlikda kechganligi tufayli uni biz bemalol konstitutsiyaviy-huquqiy munosabat hamda konstitutsiyaviy-huquqiy javobgarlik sifatida tushunamiz.
Kalit so'zlar
hukumat, javobgarlik, parlament, prezident, siyosiy javobgarlik, ishonch, votum..
Iqtibos uchun
For citation: