JINSIY JINOYATLARDA JABRLANUVCHI XULQ-ATVORINING O‘RNI

Niyozova Salomat Saparovna

Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi professori v.b., yuridik fanlar doktori

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada jinsiy jinoyatlarda jabrlanuvchi xulq-atvorining o‘rni haqida so‘z yuritilib, tegishli taklif va tavsiyalar berilgan. Viktim xulq-atvori sabab bo‘lgan nomusga tajovuz qilganlar bir necha guruhga ajratilgan: 1) jinoyat jabrlanuvchilarining mast holda bo‘lganligi; 2) pala-partish tanishuvi, yengiltak, ba’zan erkak bilan muloqotda chechan bo‘lgan ayollar. Bunday ayollar o‘zlarining xatti-harakatlari bilan o‘z nomusiga tajovuz qilinishiga moyillik bildirganligi; 3) noto‘g‘ri jinsiy tarbiya olgan shaxslar. Shuningdek, mazkur maqolada jabrlanuvchining jinoyatga ko‘maklashadigan va ko‘maklashmaydigan, ig‘vogarona xulq-atvori ham tahlil etilib, uning oldini olishga doir fikrlar bildirilgan. Bundan tashqari, voyaga yetmaganlarga nisbatan oila a’zolari tomonidan jinsiy zo‘ravonlik ishlatish, voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi va jinoyatchiligi kabi salbiy oqibatlar haqida ham fikr yuritilgan bo‘lib, o‘tkazilgan tadqiqotlarga qaraganda, 28,7 % holatlarda jabrlanuvchilarning viktim xulqi jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘lgani, ya’ni nomusga tegish jinoyati bo‘yicha 29 % holatlarda voyaga yetmagan jabrlanuvchilar o‘zlarining yengiltak xulq-atvori bilan tavsiflangani, 45 % holatlarda esa ularga jamoatchilik tomonidan salbiy tavsif berilgani aytib o‘tilgan. Maqolada voyaga yetmaganlar jinsiy daxlsizligi va erkinligiga qarshi qaratilgan tajovuzlarda jabrlanuvchining kriminologik tavsifini belgilovchi eng ko‘p tarqalgan: voyaga yetmagan shaxsning tajovuzlar bilan birgalikda spirtli ichimliklar iste’mol qilishi; voyaga yetmaganlarning axloq normalariga zid xulqi; behayo kiyimlar (mini yubkalar va boshqalar); suhbatlarni jinsiy mavzularga aylantirishi kabi omillar misollar bilan tahlil etilgan.
Kalit so'zlar
jabrlanuvchi, voyaga yetmagan, aybdor, xulq-atvor, jinsiy jinoyatlar, viktimlik, subyekt, javobgarlik, jinoyat, ijtimoiy xavflilik.
Iqtibos uchun
For citation: