RАQАMLАSHTIRISH SHАROITIDА FUQАROLАRNING MEHNАT HUQUQINI АMАLGА OSHIRISHNING
АYRIM HUQUQIY MАSАLАLАRI
Shayakubova Elnora Xusnutdinova
Аdliya vazirligi adliya organlarida АKTni rivojlantirish markazi bosh mutaxassisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq sifatida mehnat huquqi tahlil etiladi. Iqtisodni raqamlashtirish sharoitida mehnat huquqi va raqamlashtirishning mehnat munosabatlariga taʼsirining mohiyati yoritishga harakat qilingan. Sifrovizatsiya munosabati bilan va pandemiya sharoitida fuqarolarning mehnat qilish huquqining ayrim jihatlari ko‘rilib, mehnat qilishning distantsion-masofaviy kabi shakllariga urg‘u berilib, bunday faoliyatga huquqiy tavsif berilgan. O‘zbekistonda iqtisodiyotni raqamlashtirish munosabati bilan mehnat munosabatlarining o‘zgarishi, mehnatga oid munosabatlarning ham raqamlashuvi va shu munosabat bilan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil etilgan. Maqolada raqamlashuv jarayonlarining mehnat munosabatlariga ham o‘zining jiddiy taʼsirini o‘tkazayotganligi, hozirgi kunda sunʼiy intellekt, robototexnika va texnologiyalarning rivojlanishi fuqarolarning kelajakda mehnat qilish huquqi, aholining bandligini taʼminlash kabi masalalarga taʼsir ko‘rsatishi shubhasizligi taʼkidlanadi. Muallif pandemiya sharoiti mehnat faoliyatining noanʼanaviy shakllarini rivojlanishiga turtki bo‘lib xizmat qilayotganini, shu bois, mehnat munosabatlari sohasida raqamlashtirish jarayonlari ko‘plab yengilliklarni keltirib chiqarishi baravarida, qator muammolarni ham kun tartibiga qo‘yishi tobora ayon bo‘lib borayotganligiga alohida eʼtibor qaratgan. Maqolada O‘zbekistonning bugungi zamonaviy sharoitida fuqarolarning mehnat qilish huquqi borasida ayrim taklif va tavsiyalar shakllantirilgan.
Kalit so'zlar
mehnat qilish huquqi, konstitutsiyaviy huquq, raqamlashtirish, mehnat munosabatlarini raqamlashtirish, faoliyatning masofaviy shakli, masofaviy mehnat, mehnat qonunchiligi, mehnat qonunchiligini takomillashtirish.
Iqtibos uchun
For citation: