EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLAR OBYEKTIV BELGILARI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI:
TAHLIL VA TAKLIF
Xudaykulov Feruzbek Xurramovich
Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi dotsenti v.b, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada tadqiq etishning mantiqiylik, tizimlilik, mantiqiy-yuridik, qiyosiy-huquqiy metodlaridan keng foydalanilgan. Jumladan, birinchi navbatda ekologiya sohasidagi jinoyatlar tushunchasi, umumiy xarakterdagi egologik jinoyatlar va maxsus ekologik jinoyatlar, mazkur jinoyatlar belgilari to‘g‘risidagi olimlarning fikr-mulohazalari, jinoyatning ijtimoiy xavflilik, qonunga xiloflilik, ayblilik va jazoga sazovorlik kabi belgilari haqida atroflicha bayon qilingan. Shuningdek, jinoyatning zaruriy belgilari, bu belgilar haqida jinoyat huquqi nazariyasida olimlar tomonidan bildirilgan fikrlar, qarashlar yoritilgan bo‘lib, undan so‘ng esa jinoyat tarkibi elementlari va bu elementlarni ifodalovchi jinoyat tarkibining obyektiv belgilari, asosan, ekologiya sohasidagi jinoyatlar obyektiv tomoni belgilari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari ketma-ket tavsiflab berilgan. Shu bilan birga nafaqat romano-german huquq oilasiga kiruvchi yo‘nalish olimlari, balki anglo-sakson huquq oilasiga kiruvchi yo‘nalish olimlarning qarashlari, g‘oyalari o‘z aksini topgan. Shuningdek, ushbu maqolada asosiy e’tibor ekologiya sohasidagi jinoyatlarning subyektiv hamda obyektiv belgilarining jinoyat-huquqiy ahamiyati, xususan, ularning o‘ziga xos jinoyat-huquqiy jihatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida keltirilgan ayrim jinoyat tarkibi zaruriy va fakultativ belgilari bilan bog‘liq nazariy hamda amaliy muammolar yoritilgan. Shu bilan birga, AQSh, Angliya, Kanada, Yaponiya va Rossiya Federasiyasi jinoyat qonunchiligi tahlil etilib, bu borada O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
ekologiya sohasidagi jinoyatlar, jinoyat tarkibi obyektiv belgilar, jinoyat obyektiv tomoni, umumiy xarakterdagi egologik jinoyatlar, maxsus ekologik jinoyatlar, boshqa og‘ir oqibatlar.
Iqtibos uchun
For citation: