O‘ZBEKISTONDA QURILISH SOHASINI TARTIBGA SOLUVCHI HUQUQIY ASOSLARNING VUJUDGA KELISHI

Abduvaliyev Maqsudjon Abdurashid o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti “Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi 4 yillikda qurilish sohasida olib borilayotgan islohotlarning huquqiy asoslari kelib chiqishi tahlil qilingan. Uy-joy qurilishi, u bilan doimiy bo‘ladigan munosabatlarning davom etib borishi, sohaning huquqiy asoslari doimiy takomillashtirib borilishi va bu jarayonda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy muammolarni bartaraf etish maqolaning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Bunda islohotlar davrigacha va bundan keyin sohada qilinayotgan o‘zgarishlar huquqiy yo‘nalish sifatida belgilab olingan. Fuqarolar o‘rtasida mulkiy munosabatlardan kelib chiqadigan fuqarolik holatlari emas, balki tegishli davlat organlari bilan vujudga keladigan ma’muriy munosabatlarning huquqiy asoslari yoritib berishga harakat qilingan. Olib borilgan tadqiqotning asosiy mazmuni qurilish sohasidagi ma’muriy munosabatlarda vujudga keluvchi holatlarni bartaraf etish uchun qonunchilik rivojlanishini tahlil qilishdir. Shu bilan birgalikda, qurilish sohasida tashkil etilgan sub’ektlar faoliyati bilan birgalikda Shaharsozlik kodeksi ham tahlil qilingan. Bundan tashqari, sohadagi norma ijodkorligi jarayonini yanada rivojlantirish uchun tegishli xulosalar chiqarilgan. Tadqiqot ob’ektini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichni belgilashda Statistika qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga tayanildi.
Iqtibos uchun
Kalit so'zlar
qurilish, normativ huquqiy-hujjat, Harakatlar strategiyasi, Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi, Shaharsozlik kodeksi, ekspertiza, komissiya, Qurilish vazirligi, ma’muriy tartib-taomillar, ma’muriy akt.
For citation: