ISHNI SUDGA QADAR YURITISHDA HIMOYA FUNKSIYASINING PROTSESSUAL TABIATI

Choriyeva Dilbar Mengdabilovna

Toshkent davlat yuridik universiteti doktoranti

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu maqolada jinoyat-protsessual funksiyalardan biri bo‘lgan himoya funksiyasining mohiyati, uning jinoyat protsessi faoliyat yo‘nalishi sifatidagi ahamiyati, mazkur funksiyaning amal qilishi natijasida kelib chiqadigan himoya huquqi tushunchasi ochib berilgan. Himoya funksiyasining ahamiyati hamda himoya huquqi mohiyatini belgilash yuzasidan mahalliy va xorijiy protsessualist olimlarning ilmiy-nazariy fikrlari bilan munozaraga kirishilgan, bu boradagi xorijiy davlatlar qonunchiligi o‘rganilgan va chuqur tahlil qilingan. Jinoyat-protsessual qonunchiligimizda himoya huquqi tushunchasi mazmunini ochib beruvchi norma mavjud emas. Shu sababli himoyachi faoliyati davomida yuzaga keladigan tushunmovchiliklarning oldini olish uchun himoya huquqi tushunchasi mohiyatini qonunchilikda aks ettirish maqolani yozishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biridir. Bajarilgan tahlillar natijasida himoya huquqiga nisbatan mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan, himoya funksiyasining amal qilish bosqichlarini klassifikatsiyalash yuzasidan ilmiy asoslantirilgan takliflar berilgan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga himoya huquqi tushunchasini kiritish va kodeksning 24-moddasini yangi tahrirda bayon etish taklif etilgan. Maqolani yozish davomida qiyosiy-huquqiy, mantiqiy (analiz va sintez), ilmiy bilish manbalarini kompleks tadqiq etish usullaridan keng foydalanilgan.
Kalit so'zlar
jinoyat-protsessual funksiya, himoya funksiyasi, himoya funksiyasining amal qilishi, himoya huquqi.
Iqtibos uchun
For citation: