TRANSCHEGARAVIY ZARAR YETKAZISH OQIBATIDA VUJUDGA KELGAN NIZOLARNI HAL QILISHDA XALQARO XUSUSIY HUQUQNING OʻRNI
Avliyoqulov Bekmirza Bektemirovich
Toshkent davlat yuridik universiteti Ommaviy huquq fakulteti tyutori
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Juda tez surʼatlar bilan oʻsib borayotgan global iqtisodiy munosabatlar, savdo va ishlab chiqarish jarayonlari bilan bogʻliq faoliyatlar natijasida yuzaga kelayotgan nizolar va ularning samarali yechimlarini ishlab chiqish bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur tadqiqot ishi bu kabi muammolarni hal qilishning huquqiy asoslarini ishlab chiqishda xalqaro xususiy huquqning roli qanchalik muhimligini ilmiy faktlar, nazariy tahlillar va amaliy misollar yordamida ochib beradi. Shuningdek, ushbu maqolada sohaga taalluqli raqamli iqtisodiyot va hududiy savdo bitimlari kabi hozirgi kundagi masalalar tadqiq qilinib, ushbu zamonaviy muammolarni hal qilishda xalqaro xususiy huquq vositalarining moslashuvchanligi ham oʻrganilgan. Shuningdek, maqola bugungi kunda transchegaraviy iqtisodiy munosabatlarda xalqaro xususiy huquqning tutgan rolini mustahkamlash uchun olib borilayotgan ilmiy ishlar uchun muhim xulosalarni taqdim etadi. Xalqaro xususiy huquqning rivojlanishi va tegishli sohaga moslashishi uchun beriladigan takliflar uning kelajakda paydo boʻlishi mumkin boʻlgan nizolarni hal qilish va transchegaraviy faoliyatni yangi bosqichga koʻtarishga hissa qoʻshadi.
Kalit so'zlar
xalqaro xususiy huquq, transchegaraviy zarar, huquqni tanlash, arbitraj, kollizion huquq, prinsip, globallashuv
Iqtibos uchun
For citation: