MAMLAKATIMIZDA AHOLINING EKOLOGIK SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHDA EKOLOGIK-HUQUQIY TARGʻIBOTNING OʻRNI VA AHAMIYATI
Xudoyqulova Dilorom Xolovna
Surxondaryo viloyati Qumqoʻrgʻon tumani adliya boʻlimi bosh maslahatchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada Oʻzbekiston Respublikasida ekologik muvozanatni yaxshilashga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishda ekologik huquqiy targʻibotning oʻrni va ahamiyati oʻrganilgan. Shuningdek, aholining ekologik savodxonligini oshirishda ekologik huquqiy targʻibotni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-huquqiy tushunchalar asosida Oʻzbekiston Respublikasining meʼyoriy-huquqiy bazasi hamda balki xorijiy davlatlarning doktrinal pozitsiyalari tahlil qilgan. Tahlil yakunida esa iqlim oʻzgarishi sharoitida aholining koʻchat ekish va hududlarni koʻkalamzorlashtirishga qiziqishini oshirish taklif qilingan. Ekologik huquqiy targʻibot fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, mamlakatimizda ekologik vaziyatning yomonlashuviga olib kelishi mumkin boʻlgan har qanday huquqbuzarliklarga qarshi kurashishga qaratilgan. Maqolada ekologik madaniyatni shakllantirish muammolarini hal etishga tadbirkorlar, jamoat va boshqa nodavlat notijorat birlashmalarini ham jalb etish, shuningdek, ekologik muammolarni hal etishda tarixiy tajribadan foydalanish muhimligi asoslab berilgan. Aholi oʻrtasida atrof-muhitni muhofaza qilish, davlat rivoji va aholining sogʻlom turmush tarzi uchun qonunlarga hurmat tuygʻularini shakllantirishga adliya organlari ham targʻibot tadbirlari orqali katta hissa qoʻshayotgani eʼtirof etilgan. Muallif ekologik huquqiy targʻibotning umumiy xususiyatlarini tahlil qilib, ekologik savodxonlikni oshirishda huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati va ilmiy ishlarda qoʻllanishi mumkin boʻlgan tavsiyalar ishlab chiqqan.
Kalit so'zlar
adliya organlari, ekologiya, huquqiy targʻibot, aholi, ekologik savodxonlikni takomillashtirish, madaniyat, jamoat va boshqa nodavlat notijorat birlashmalari.
Iqtibos uchun
For citation: