Yurisprudensiya

4-son 2024-yil

Axmedshayeva Mavlyuda Axatovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Bugungi davrda shiddat bilan rivojlanayotgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan koʻplab normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi kuzatilmoqda, natijada huquqni qoʻllash jarayonida muayyan qiyinchiliklar yuzaga keladi. Bu esa, oʻz navbatida, qonunchilikni tizimlashtirishga boʻlgan ehtiyojning kuchayishiga olib keladi. Qonunchilikni tizimlashtirish maʼlum darajada obyektiv jarayon hisoblanadi. Uning inkorporatsiya, konsolidatsiya va kodifikatsiya kabi turlari mavjud boʻlib, ularning ichida kodekslashtirish alohida oʻrin tutadi. Maqolada bir qator olimlarning qonunchilikni tizimlashtirish masalasiga oid fikrlari keltirilgan va tahlil etilgan. Ayni paytda, muallifning fikricha, bugungi kunda milliy yuridik adabiyotlarda qonunchilikni tizimlashtirish va uning turlari, jumladan, kodekslashtirish hamda uning muhim shakli boʻlgan kodekslar haqidagi nazariy ishlanmalar kam realizatsiya qilinmoqda. …

Amirov Sanjar Ilyos oʻgʻli

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi oʻqituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada tabiiy huquq nazariyasining zamonaviy huquqshunoslikdagi tamoyillari va prinsiplari oʻrganilib, uning konstitutsiyaviy talqini va huquqiy asoslash bilan bogʻliqligiga eʼtibor qaratilgan. Jumladan, tabiiy huquq nazariyasi huquqning tabiiy tartiblarga xos boʻlgan adolatning universal va oʻzgarmas tamoyillariga asoslanishini, huquqiy normalar va institutlarning huquqiyligini baholash uchun axloqiy asosni taʼminlaydi. Maqolada tarixiy va zamonaviy tabiiy huquq nazariyotchilari Aristotel, Foma Akvinskiy va Jon Finnisning ishlariga tayanib, tabiiy huquq nazariyasining falsafiy asoslarini va uning boshqaruv, adolat va inson huquqlariga taʼsiri koʻrib chiqilgan. …

Nematov Joʻrabek Nematilloyevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
ʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-iyuldagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–200-sonli qarorida oliy taʼlim sohasidagi muhim islohotlar nazarda tutilgan. Maqolada ushbu maʼmuriy islohotlar asosida oliy taʼlim tashkilotlari faoliyatini maʼmuriy-huquqiy jihatdan tartibga solish borasidagi muammolar va ularning yechimi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, oliy taʼlim tashkilotlari faoliyatini maʼmuriy-huquqiy tartibga solishni tavsiflash maqsadida E. Elmurodovning monografik tadqiqot ishida keltirilgan besh model koʻrib chiqiladi. Ilmiy-nazariy tahlillar shuni koʻrsatadiki, Oʻzbekistonda oliy taʼlimning aksariyat masalalari, jumladan, tashkilotni roʻyxatdan oʻtkazish, litsenziyalash, taʼlim mazmuni, akkreditatsiya, nazorat borasida ham davlatning kuchli taʼsiri bor. …

Gʻoziyev Kozimbek Jovlonbekovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi oʻqituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada mamlakatimizda olib borilayotgan maʼmuriy islohotlarning bir qismi boʻlgan oliy taʼlimni 2030-yilga qadar rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi, milliy va xorijiy olimlarning ilmiy ishlari hamda statistik maʼlumotlar, maʼmuriy islohotlarning mazmun-mohiyati, boshqaruvni amalga oshirishning oʻziga xos xususiyatlari tahlil qilindi. Milliy qonunchilikni oʻrganish barobarida oliy taʼlim tashkilotlarining rivojlanishi, davlatning bu sohada oʻz oldiga qoʻygan maqsad va vazifalariga erishish yoʻlidagi qilinishi lozim boʻlgan masalalar yoritib berildi. Shuningdek, axborot va raqamlashtirish asrida oliy taʼlim sohasini tashkil etish va boshqaruvini takomillashtirish, davlat organlari bilan oliy taʼlim tashkilotlarining oʻzaro munosabatini tartibga solish hamda muvofiqlashtirish holatlari tahlil etildi. …

Mustanov Ilxom Abdivalijonovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada moliya tizimi tarkibi sifatida bank tizimi, turlari, bank prinsiplari va vazifalari tahlil qilingan. Ushbu tadqiqotdan maqsad ilmiy oʻrganish natijasida bank tizimini takomillashtirishga qaratilgan taklif va xulosalar ishlab chiqishdan iborat. Banklar moliya tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Moliya tizimi moliyaviy munosabatlarni bank-kredit siyosati va qonunchiligi asosida tartibga soladi. Banklar moliyaning alohida tizimi sifatida faoliyat yuritadi, xususan, birinchi boʻgʻinda tijoratchi banklar hamda nobank tashkilotlari, ikkinchi boʻgʻinda mazkur tashkilotlarni nazorat qiladigan Markaziy bank namoyon boʻladi. Markaziy bank, tijorat banklari, shuʼba, chet el ishtirokidagi va chet el banklari yagona bir tizimni tashkil qiladi. Bank tizimi oʻzaro nazorat, boʻysunish va yagona tashkiliy tuzilmani anglatadi. Shu sababli banklar tizimi doirasini aniq belgilash muhim hisoblanadi. Maqolada mazkur masalalarni milliy va xorijiy davlatlar qonunchiligini qiyosiy tahlil qilish, tarixiy-huquqiy, tizimli, mantiqiy, statistik hamda boshqa usullar yordamida oʻrganish orqali milliy qonunchilikda bank tizimi, prinsiplari tushunchasi ishlab chiqilgan, shuningdek, bank qonunchiligiga doir takliflar berilgan. …

Xazratqulov Odilbek Tursunovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro xususiy huquq kafedrasi mudiri, yuridik

Annotatsiya
Ushbu maqolada “lex informatica” tamoyili, uning vujudga kelishi, xususiyatlari atroflicha bayon etilgan. Oʻtgan yillar davomida global tarmoq orqali koʻplab ilovalarni qoʻshish va ulardan amalda foydalanish imkoniyati oshib bormoqda. Ulardan baʼzilari mutlaqo misli koʻrilmagan natijalarga erishdi. Global tarmoq imkoniyatlarining bunday kengayishi kuchli ijtimoiy-siyosiy va huquqiy oqibatlarga olib kelmoqda. Mazkur munosabat ishtirokchilari faoliyatida onlayn xizmatlar va onlayn tijorat bilan bogʻliq huquqiy ziddiyatlarning soni jiddiy ortmoqda. Internet-shartnomalarning koʻpayishi, oʻz navbatida, internet tranzaksiyalarining alohida muammolariga nisbatan sezgirlik bilan hal qilinishi kerak boʻlgan shartnoma nizolarining mos ravishda koʻpayishiga olib kelmoqda. Tarmoqdagi raqamli huquqbuzarliklarning koʻpayishi, albatta, insonlarning onlayn muloqotga kirishishlari bilan bogʻliqdir. …

Xosilov Erkin Dilmurotovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Maqolada insoflilik va insofsizlikning fuqarolik-huquqiy kategoriyalari sifatida paydo boʼlish tarixiga oid masalalar, ularning dolzarbligi, tadbirkorlik subyektlari sonining ko‘payishi va ular kirishadigan ziddiyatli huquqiy munosabatlar sababli amaldagi qonunchilikda qo‘llanishi, shuningdek, huquqiy oqibatlari tadqiq etilgan. Xususan, mazkur fuqarolik-huquqiy kategoriya mohiyati uning fuqarolik va milliy qonunchilikning boshqa turlari normalarida qo‘llanishini o‘rganish orqali ochib berildi. Turli olimlarning insoflilik va insofsizlikning fuqarolik-huquqiy kategoriyalarini belgilash borasidagi qarashlari o‘rganilib, tanqidiy tahlil qilindi, insofsizlikning turlari tasniflandi. Insofsizlikning fuqarolik-huquqiy kategoriyasiga oid muallif nuqtayi nazari nazariy qarashlar, qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish asosida berilgan. …

Esanova Zamira Normurotovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Mazkur maqoladan Fuqarolik protsessual kodeksining “Sud hujjatlarini qayta koʻrish” nomli IV boʻlimiga kiritilgan oʻzgartirish va qo‘shimchalar, islohotlar mazmun-mohiyati, ushbu yangiliklarning fuqarolik protsessual huquqi nazariyasi hamda amaliyotidagi ahamiyati, fuqarolik sudlov faoliyatida tutgan oʻrni haqidagi nazariy qoidalar, tushunchalar va fikr-mulohazalar oʻrin olgan. Shu bilan birga, fuqarolik sud hujjatlarini qayta koʻrish instansiyalarining oʻzaro nisbati, ushbu tartib-taomillarning qiyosiy tahlili keltirilgan. Shuningdek, ushbu yangiliklarning vujudga kelish sabablari, sud hujjatlarini taftish tartibida qayta koʻrish boʻyicha ish yuritish instansiyasining zarurati haqidagi fikr-mulohazalar va mualliflik taklif-tavsiyalari bayon qilingan. Maqolada Fuqarolik protsessual kodeksining 46-bobidagi “Sud hujjatlarini taftish tartibida qayta koʻrish boʻyicha ish yuritish”ga oid dolzarb normalarning yangi institut sifatida vujudga kelishi, asoslari, zarurati va xususiyatlari koʻrsatib berilgan. Ushbu institut (qayta koʻrish bosqichi) nafaqat qonunchilik tajribasi, balki amaliyotdagi protsessual muammolarni ham bartaraf etishga yordam beradi. …

Habibullayev Davlatjon Yulchiboyevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi
kafedrasi mudiri, yuridik fanlar doktori, professor

Annotatsiya
Mazkur maqolada fuqarolik sud ishlarini yuritishda protsessual adolat va protsessual qonuniylik doktrinalari tahlil etilgan. Fuqarolik ishlarini toʻgʻri, oʻz vaqtida koʻrib chiqish va hal etish tushunchalari huquqshunos olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari asosida oʻrganilgan. BMT rezolyutsiyasi bilan tasdiqlangan “Sud organlari mustaqilligining asosiy prinsiplari” hamda sudlar tomonidan hal qiluv qarorlarining aniq, toʻliq, asosli, adolatli, tushunarli qilib chiqarilishida huquqiy aniqlik prinsipi tahlil etilib, bu boradagi huquqshunos olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari tadqiq etilgan. …

Xudoynazarov Dadaxon Avaz oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi oʻqituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada sud eksperti, mutaxassis, tarjimon faoliyati va guvohlar koʻrsatmalarini raqamlashtirish, axborot texnologiyalarining ular faoliyatida tutgan oʻrni, raqamlashtirishga oid muammolar hamda yechimlar oʻrganildi. Iqtisodiy jarayondagi odil sudlovni taʼminlashda raqamlashtirish va sunʼiy intellekt texnologiyalari, dasturlar, ilovalar, elektron (masofaviy) platformalar hamda aloqa vositalarini qoʻllash orqali koʻmaklashuvchi shaxslar faoliyatini isloh qilish masalalari boʻyicha xalqaro doktrinalar, olimlarning fikr va mulohazalari koʻrib chiqildi. …

Abduxakimov Murodullo Togʻayevich

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshligʻi, Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi mustaqil izlanuvchisi, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Ushbu maqolada prokuratura organlarining davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralari, nazorat qiluvchi tashkilotlar, boshqa muassasalar va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari yoritildi. Ular oʻrtasida maʼlumotlar va hujjatlar almashinuvi, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashmaslik tamoyilini amalga oshirish masalalari tahlil qilindi. Shuningdek, prokuraturaning yer maydonlarini ajratish, ulardan foydalanish hamda muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirishga vakolatli organlar bilan toʻgʻridan toʻgʻri hamkorligiga zarurat borligi koʻrsatib oʻtildi. …

Niyozova Salomat Saparovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Mazkur maqolada voyaga yetmagan shaxslarning jinsiy daxlsizligiga qarshi qaratilgan jinoyatlarning sodir etilish sabablari tahlil etilgan. Bundan tashqari, voyaga yetmagan shaxslarning jinsiy daxlsizligiga qarshi qaratilgan jinoyatlarni keltirib chiqaruvchi obyektiv va subyektiv omillar hamda ularni vujudga keltiruvchi shart-sharoitlar ham oʻrganilgan. Xususan, ushbu turdagi jinoyatlar kriminologik nuqtayi nazardan oʻrganilib, ijtimoiy soʻrovlar tahlili ham berib oʻtilgan. Jumladan, voyaga yetmagan shaxslarning jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyatlarning obyektiv omillariga oiladagi nosogʻlom muhit, jamiyatdagi iqtisodiy va siyosiy beqarorlik, oiladan tashqaridagi muhit (maktab, mahalla, kichik guruhlar)ning, kriminogen hududning, shuningdek, ommaviy axborot vositalari (internet, ijtimoiy tarmoqlar)ning salbiy taʼsiri haqidagi fikrlar bayon etilgan. …

Bazarova Dildora Baxadirovna

Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlar doktori (DSc)

Annotatsiya
Mazkur tadqiqot Oʻzbekiston Respublikasida jinoiy sudlov ishlarini yuritishda shaxs huquqlarining konstitutsiyaviy kafolatlarini har tomonlama tahlil qilishga qaratilgan. Unda ushbu kafolatlarning milliy qonunchilikda aks ettirilish darajasi, ularning amaliyotda qoʻllanishi, shuningdek, ularni isloh qilishdagi muammolar va imkoniyatlar koʻrib chiqildi. Tadqiqotning dolzarbligi xalqaro huquqni himoya qiluvchi organlar eʼtibor qaratayotgan Oʻzbekiston Respublikasi jinoiy odil sudlov tizimidagi qiynoqlar, oʻzboshimchalik bilan qamoqqa olish va protsessual huquqlarning buzilishi kabi amaliyotlar bilan bogʻliq muammolarni hal etish zaruratidan kelib chiqadi. Tadqiqotda huquqiy tahlil, amaliy baholash, qiyosiy tahlil manfaatdor tomonlarni baholashni oʻz ichiga olgan sifatli metodologiya qoʻllandi. …

Imomnazarov Alisher Hasanovich

Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada jinoyat protsessida muhim ahamiyatga ega boʻlgan koʻzdan kechirish jarayoni va uning natijalarini qayd etish bilan bogʻliq muammolar tahlil qilingan. Maqolada koʻzdan kechirish bayonnomasini tuzish tartibi, uning tarkibiy qismlari va mazmuni batafsil koʻrib chiqilgan. Muallif bayonnomaning kirish, asosiy va yakunlovchi qismlarini alohida tahlil qilib, har bir qismda aks ettirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlarni keltirgan. Shuningdek, maqolada koʻzdan kechirish bayonnomasini tuzishda yuzaga keladigan muammolar, xususan, bayonnomaning qiyin oʻqilishi, unda yetarli maʼlumotlarning mavjud emasligi, jinoyat izlarining toʻliq tavsiflanmasligi, koʻzdan kechirilgan hududning notoʻgʻri izohlanishi, maʼlumotlarning koʻzdan kechirishdagi real harakatlar ketma-ketligi bilan mos kelmasligi kabi holatlar tanqidiy tahlil qilingan. …

Xun Veysin

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti mustaqil izlanuvchisi (PhD), Jilin Xuatsyao chet tillar universiteti oʻqituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusining Oʻzbekistondagi huquqiy muhitga taʼsiri xitoylik investorlar uchun istiqbol va qiyinchiliklar nuqtayi nazaridan tahlil qilindi. Unda Oʻzbekiston qonunchiligi va meʼyoriy-huquqiy bazasidagi, jumladan, investitsiyalar, maxsus iqtisodiy zonalar, davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi yangi qonunlardan oʻrin olgan asosiy oʻzgarishlar, Soliq kodeksiga kiritilgan tuzatishlar o‘rganilgan. Investitsiyalarni himoya qilishning huquqiy kafolatlarini tahlil qilish, korporativ huquqning oʻziga xos xususiyatlari, iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarini tartibga solish, biznesni mahalliylashtirish va mahalliy qonunchilikka rioya qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. …

Majidov Shahzod Abdixalil o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tayanch doktoranti

Annotatsiya
Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini takomillashtirishga bagʻishlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–200-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2023-2024-yillarga moʻljallangan davlat dasturining 3-bandida koʻzda tutilgan. Unda korrupsiya toʻgʻrisida xabar beruvchi shaxslarning huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini nazarda tutuvchi normativ huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishda asosiy chora sanalgan korrupsiyaga oid xabarlarni qayta ishlash tizimini takomillashtirish vazifasi qoʻyilgan. …