RAQAMLI MOLIYAVIY XIZMATLAR TUSHUNCHASI, TARIXIY RIVOJLANISH VA HUQUQIY ASOSLARI

Xazratqulov Odilbek Tursunovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro xususiy huquq kafedrasi mudiri, dotsent, yuridik fanlar nomzodi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Oʻtgan yillar davomida jahonda boʻlib oʻtgan moliyaviy inqiroz natijasida bank sohasi kam foizli stavkalar, kreditlar hajmini pasaytirish, tartibga solish hamda muvofiqlik talablarini oshirish bilan bogʻliq masalalarga duch keldi. Soʻnggi yillarda esa katta inqilobiy oʻzgarishlar yuz berib, ular qatorida raqamli bank xizmatlari va raqamli moliyalashtirish singari yoʻnalishlari paydo boʻldi. Bunday ijobiy natijaga erishishning asosiy sababini nafaqat jahonda roʻy bergan iqtisodiy inqiroz, balki Osiyoda faoliyat olib borayotgan moliyaviy kompaniyalarning innovatsion yuksalishi bilan bogʻlash mumkin. Аynan ushbu yuksalishlar zamirida mavjud banklar inqirozdan keyin yuzaga keladigan barcha tahdidlar, shuningdek, moliyaviy texnologiyalar (FinTech) va platformaga asoslangan raqobatchilardan chakana savdoda raqobatning kuchayishi natijasida kelib chiqadigan raqamli “inqilob” bilan kurashishga majbur boʻldi. Buning natijasida moliyaviy sektorning rentabelligi xavf ostida qolib, Yevropa va Yaponiya banklari kapital xarajatlarini qoplash imkoniyati cheklandi. Shu oʻrinda oʻn yil ichida eng yaxshi moliyaviy barqaror 10 ta kompaniya roʻyxatida «Amazon», «Google» yoki «Alibaba Group» kabi yirik innovatsion texnologik kompaniyalarning kapitallashuvi «JP Morgan Chase» kompaniyasi mablagʻlaridan ikki baravar koʻpayib ketganligini kuzatish mumkin. Biz mazkur maqola orqali raqamli moliyaviy xizmat koʻrsatish sohasining moliyaviy bozorga kirib kelishi, uning rivojlanish tarixi va huquqiy asoslarini tashkil qiluvchi mezonlar haqida toʻxtalib oʻtamiz.
Kalit so'zlar
raqamli xizmat, moliyaviy xizmat, «Amazon», «Alibaba», texnologik kompaniya, moliyaviy texnologiya.
Iqtibos uchun
For citation: