HAKAMLIK SUDINING HAL QILUV QARORI TUSHUNCHASI VA HUQUQIY AHAMIYATI

Xakberdiyev Abdumurad Abdusaidovich

Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Hakamlik sudlari, bizningcha, fuqarolik jamiyatining asosiy institutlaridan biri hisoblanadi. Kuchli fuqarolik jamiyatisiz zamonaviy huquqiy davlatning mavjud bo‘lishi va faoliyat yuritishi mumkin emas. Rivojlangan Gʻarb davlatlarining tajribasi shuni koʻrsatadiki, fuqarolar va tadbirkorlar hakamlik sudlariga juda ijobiy munosabatda boʻladilar. Chunki hakamlik jarayonlari fuqarolik va iqtisodiy faoliyatdagi nizo hamda boshqa muammolarni tez hamda samarali hal qilish uchun yaratilgan. Binobarin, ayni damda mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish sharoitida hakamlik sudi institutini keng rivojlantirish nihoyatda zarurdir. Shu oʻrinda taʼkidlab oʻtish joizki, bugungi kunda vakolatli sudlardan tashqari nizolarni muqobil tartibda hal qilishda hakamlik sudlari tomonidan ham fuqarolik va iqtisodiy nizolar boʻyicha ishlarning koʻrib chiqilishida turli muammolar uchrab turibdi. Maqolada hakamlik sudining hal qiluv qarori tushunchasi va huquqiy ahamiyati masalasi xorijiy tajribani tahlili qilgan holda oʻrganib chiqilgan. Shuningdek, hal qiluv qarorini ijroga qaratishda hakamlik sudining vakolatli (davlat) sudlar bilan oʻzaro munosabati, uning tartibi va kamchiliklari oʻrganib chiqildi. Shu bilan bir qatorda, hal qiluv qarori tushunchasiga mualliflik taʼrifi berildi va mediatsiya tartib-taomilini qoʻllash yuzasidan milliy qonunchiligimizga taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Kalit so'zlar
hakamlik sudi, vakolatli sud, hakamlik muhokamasi, daʼvoni taʼminlash, arbitraj, mediatsiya, normativ-huquqiy hujjat, qonun, kodeks.
Iqtibos uchun
For citation: