TABIIY MONOPOLIYA SOHALARIDA RAQOBAT MUHITINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY-HUQUQIY MASALALARI

Ibragimova Aziza Ruziboyevna

Toshkent davlat yuridik universiteti “Biznes huquqi” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Tabiiy monopoliyalar Markaziy Osiyo mamlakatlarida, shuningdek, sobiq Ittifoq mamlakatlarida hanuzgacha mavjud bo‘lib qolayotgan, iqtisodiyotning yetakchi hamda muhim tarmoqlarida ishlab kelayotgan korxonalar sifatida saqlanib qolmoqda. Tabiiy monopoliyalar sohasiga raqobatni olib kirish, raqobat muhitining huquqiy asoslarini takomillashtirish dolzarb masalalardan biridir. Mazkur maqolada tabiiy monopoliyalarning genezisi, mohiyati masalalariga to‘xtalib o‘tilgan bo‘lib, tabiiy monopoliya sohalarida raqobat muhitini shakllantirish muammolari tahlil qilingan. Maqolada tarixiy-empirik, sintaksis, huquqiy tahlil metodlaridan foydalanilib, tabiiy monopoliya institutining iqtisodiyotdagi ahamiyati, ayrim tarmoqlarning tabiiy monopoliya sohasi bo‘lganligi uchun ham muttasil ravishda zarar bilan ishlayotganligi, sohada sifat va narx jihatdan iste’molchilarning e’tirozlariga sabab bo‘layotgan omillarning mavjudligi o‘rganib chiqilgan. Hozirgi paytda O‘zbekiston qonunchiligida tabiiy monopoliyalarning huquqiy jihatdan tartibga solinishi masalalari atroflicha o‘rganilib, joriy qonunchilikning zamon talablariga javob bermay qolgan xususiyatlari muhokama qilingan. Tabiiy monopoliya sohalarining amaliyotda raqobatchilari mavjud bo‘lgan ayrim tarmoqlarni tabiiy monopoliya sohalaridan chiqarish, ayrim tarmoqlarga esa davlat-xususiy sheriklik institutini joriy etish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Kalit so'zlar
tabiiy monopoliya, raqobat, miqyos jihatdan samaradorlik, davlat-xususiy sheriklik, narx, iqtisodiy afzallik, zarar, raqobatchilar, tabiiy monopoliya subyektlari.
Iqtibos uchun
For citation: