Yurisprudensiya 4 / 2021

Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan

Ergashev Ikrom Abdurasulovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, dotsent, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Mazkur maqolada soliq nizolarini muqobil hal etish huquqiy mexanizmlarining nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan soliq nizolarini hal qilishga doir normalar tizimli tahlil qilingan, bu borada xorijiy davlatlar tajribasi qiyosiy o‘rganilgan, mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan, tahlil qilingan sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar bildirilgan…

Yo‘ldoshev Azizjon Ergash o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti v.b., yuridik fanlar nomzodi

Annotatsiya
Maqolada jamoatchilik muhokamalari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari va ularni qo‘llash amaliyoti, ushbu sohadagi xorijiy amaliyot va ilmiy qarashlar tadqiq etilgan. O‘rganish jarayonida bunday muhokamalar ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash, ular ishtirokchilarining takliflari va fikrlarini hisobga olishda hamda ushbu sohani huquqiy tartibga solishdagi boshqa muammolar mavjudligi aniqlangan…

Abduvaliyev Maqsudjon Abdurashid o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti “Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi 4 yillikda qurilish sohasida olib borilayotgan islohotlarning huquqiy asoslari kelib chiqishi tahlil qilingan. Uy-joy qurilishi, u bilan doimiy bo‘ladigan munosabatlarning davom etib borishi, sohaning huquqiy asoslari doimiy takomillashtirib borilishi va bu jarayonda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy muammolarni bartaraf etish maqolaning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi…

Rahimov Dilmurodjon g‘ulomjon o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tayanch doktoranti

Annotatsiya
Mazkur maqola O‘zbekiston Respublikasi davlat fuqarolik xizmatiga kadrlarni qabul qilishda meritokratiya tamoyilining ahamiyatini tadqiq etishni maqsad qilgan. Maqolada meritokratiya tamoyili tushunchacining mohiyati, xususiyatlari va respublikamizda qo‘llanish jarayonlari tahlil qilingan. Davlat fuqarolik xizmatiga kadrlarni qabul qilishda meritokratiya tamoyilini qo‘llashga oid normativ-huquqiy hujjatlar o‘rganilgan…

Usmonova Munisxon Yo‘ldosh qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti “Fuqarolik huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada haqiqiy bo‘lmagan bitimlarning turlari bo‘lgan o‘z-o‘zidan haqiqiy hisoblanmaydigan va nizoli bitimlarning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan. Shuningdek, nizoli bitimlarning turlariga to‘xtalib o‘tilgan va misollar keltirilgan. Nizoli bitimlarni tasniflash borasidagi olimlarning fikrlari tahlil qilingan…

Xudaybergenov Behzod Baxtiyorovich

Toshkent davlat yuridik universiteti doktoranti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Mazkur maqolada Qadimgi Rimda, o‘rta asrlarda Italiya, Fransiya, Germaniya va Angliyada to‘lovga qobiliyatsizlikni huquqiy tartibga solishga qaratilgan qoidalarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tahlil qilingan. Shuningdek, rim huquqida qarzdorning kreditorlar talablarini bajarish tartibi, undiruv qarzdorning shaxsi va mol-mulkiga qaratilishi, qarzdorga beriladigan imtiyozlar va qaysi holatlarda qarzdor javobgarlikdan ozod qilinishi yoritib berilgan…

Joldasova Shahnoza Botirovna

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Xalqaro xususiy-huquqiy munosabatlarning tartibga solinishida, jumladan, ma’lum nizoli holatlar yuzaga kelganda, chet el huquqi normalarini qo‘llash hamda chet el huquqiga havola etish masalasi to‘g‘ri ko‘rib chiqilishi hamda tatbiq etilishi muhimdir. Bu bevosita nizoning to‘g‘ri, samarali va adolatli hal etilishiga asos bo‘ladi…

Bakayev Shaxriyor Baxtiyorovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada ma’muriy sud ish yurituvining tushunchasi va mazmuni mazkur huquqiy institutning kelib chiqish tarixi hamda huquqshunos olimlarning bu boradagi qarashlari asosida ilmiy-nazariy tahlil qilingan hamda tizimlashtirilgan. Jumladan, ma’muriy sud ish yurituvi tushunchasi dastlab Fransiya, keyinchalik esa Germaniya, Shveytsariya, Italiya hamda Amerika Qo‘shma Shtatlari qonunchiligida ishlatilganligi ko‘rsatib o‘tilgan…

Najimov Miratdiyin Shamshetdinovich

Qoraqalpoq davlat universiteti “Jinoiy-huquqiy va fuqarolik-huquqiy” fanlar kafedrasi mudiri, yuridik fanlar nomzodi, dotsent

Annotatsiya
Maqolada oilaga va yoshlarga qarshi jinoyatlar tushunchasi va mohiyati, ushbu turdagi jinoyatlar uchun javobgarlik masalalari, javobgarlik nazarda tutilgan va belgilangan jinoyat qonunchiligi normalarining rivojlanish tarixi o‘rganilgan. Shuningdek, voyaga yetmagan shaxslarning hayoti va xavfsizligini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlarni muhofaza qilish davlat va huquq rivojining ilk bosqichlarida huquq normalari aks etgan…

Niyazov Maqsud Kadamovich

Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali “Jinoyat-huquqiy fanlar” kafedrasi mudiri

Annotatsiya
Mazkur maqolada umumiy huquq davlatlari (Buyuk Britaniya va AQSh) qonunchiligi hamda kontinental huquq tizimli davlatlarning dalillar maqbulligi masalasi yoritilishining umumiy belgilari keltirilib, dalillar maqbulligi ta’rifi, ularning xususiyatlari, nomaqbul dalillarning toifalari batafsil yoritilgan va bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan qiyoslangan…

Primov Baxtiyor Olim o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti doktoranti

Annotatsiya
Maqolada dastlabki tergovda AKT qo‘llashning protsessual-huquqiy asoslari mualliflik nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. Qayd etilishicha, jamiyatdagi umumiy raqamlashtirishni hisobga olgan holda, kelajakda jinoiy ish yuritish jiddiy o‘zgarishlarga duch keladi…

Abbosxonov Toirxon Xasan o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti “Davlat huquqi va boshqaruvi” kafedrasi mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Bugungi kunda har qanday faoliyatni amalga oshirishda, shubhasiz, ilmiy asoslangan usullar va uslublar qo‘llanilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chunki amaliyotning ilm bilan hamnafas bo‘lishi ko‘zlangan natijaga erishishda masalaning yechimini topish yoki hal qilishning eng asosiy omili sanaladi. Misol uchun, parlament faoliyatini amalga oshirish uchun ko‘maklashishda axborot-tahliliy ma’lumotnomalarni tayyorlash usullari ham, o‘z navbatida, bevosita qonunlarning sifati yoki parlament nazorati natijalariga, bu orqali boshqaruv jarayoniga ta’sir qilishi mumkin…