Yurisprudensiya 2 / 2021

Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan

Botirov Xurshid Ilyos o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti “Konstitutsiyaviy huquq” kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada parlament tadqiqot xizmatlarining faoliyati xorijiy davlatlar tajribasi misolida tahlil qilingan. Bunda qonun chiqaruvchi organlar uchun xolis va ishonchli axborotning zarurati va manbalari ko‘rsatilgan…

Nematov Jo‘rabek Nematilloyevich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Mazkur maqolada fuqarolarning eng muhim siyosiy huquqlaridan biri bo‘lmish saylov huquqini amalga oshirishning ayrim jihatlari tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekis­tonda fuqarolarning saylov huquqlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlari hamda bu huquqlar buzilganligi to‘g‘risidagi ariza (shikoyat)larni ko‘rib chiqish tartibiga oid huquqiy masalalar tahlili keltirilgan…

Yusupov Jasurbek Melsovich

“Fuqarolik huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi, Toshkent davlat yuridik universiteti

Annotatsiya
Ushbu maqolada huquqbuzarlikning bir turi sifatida plagiatning umumiy xususiyatlari va talabalar tomonidan ilmiy ish paytida plagiatning oldini olish masalalari o‘rganib chiqildi, plagiatning har xil turlari yoritib berildi, ularning xususiyatlari, noto‘g‘ri xatti-harakatlarning asosiy shakllari va ularning turli xil oqibatlari keltirib o‘tildi. Muammoning hajmini aniqlash uchun chet el hayotini o‘rganish natijalari bayon qilindi…

Erkabayeva Shahnoza Ikromjonovna

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada Germaniya Federativ Respublikasi qonunchiligi asosida kommandit shirkatning huquqiy maqomi tahlil qilinadi. Shuningdek, investitsion faoliyatni amalga oshirishda kommandit shirkat institutining qo‘llanilishi hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida keltirilgan investitsion fondlarning huquqiy maqomi keltiriladi. Tadqiqotning maqsadi investitsion faoliyatni amalga oshirishda ushbu tashkiliy-huquqiy shaklning qo‘llanilishini xorij tajribasi asosida o‘rganish hamda kommandit shirkatning Germaniya qonunchiligi va amaliyotida o‘z ifodasini topgan ustun tomonlarini keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga tatbiq qilish maqsadida aniqlashdir…

Babakulov Zafar Kurbonnazarovich

yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Toshkent davlat yuridik universiteti doktoranti (DSc);

Annotatsiya
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1104-moddasiga muvofiq, manfaatdor shaxsning talabi bilan tovar belgisini foydalanilmaganligi sababli muddatidan oldin bekor qilish amaliyoti milliy va xorijiy davlatlar sudlari tomonidan qo‘llanib kelinmoqda…

Davletov O‘tkirbek Matmurotovich

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti kafedra boshlig‘ining o‘rinbosari, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), podpolkovnik

Annotatsiya
Maqolada tinchlik va urush davrida harbiy qismlarning jangovar shayligi va tayyorgarligini ta’minlashning ajralmas qismi sifatida harbiy sudlar faoliyatining tarixiy rivojlanish bosqichlari tahlil qilingan. Harbiy sudlarning harbiy xizmatchilar bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqishining huquqiy asoslarini ilmiy jihatdan chuqur o‘rganishga bag‘ishlangan adabiyotlar nihoyatda kam ekanidan kelib chiqib,…

Ibragimov Diyorbek Shuhrat o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi tayanch doktoranti

Annotatsiya
Mazkur maqolada mamlakatimizda voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlovchi normativ-huquqiy hujjatlar tahlili bayon etilgan. Shuningdek, ularning huquq va erkinlarini ta’minlashda prokuratura organlarining voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini amalga oshirishni ta’minlovchi huquqiy asoslar tizimli ravishda o‘rganilgan bo‘lib, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan…

Hamidov Nurmuhammad Orif o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti doktoranti

Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada dunyo miqyosida jinoyat ob’ekti sifatida insoniyat tinchligi va xavfsizligini jinoyat-huquqiy muhofaza qilish tendensiyasini o‘rganish, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikka erishishda xalqaro hamjamiyat a’zolarining huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tahlillar o‘tkazilishi to‘g‘risidagi fikrlarga alohida e’tibor qaratilgan…

Matchanov Faxriddin Kuramboy o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti huquq magistri, “Ommaviy huquq” fakulteti dekanati metodisti

Annotatsiya
Mazkur maqolada ayrim xorijiy davlatlarda mahkumlarning moddiy-maishiy ta’minoti bilan bog‘liq masalalar tahlil etilgan hamda ularning nazariy va amaliy yechimini hal etish maqsadida xulosalar keltirilgan. Jumladan, O‘zbekiston jahon hamjamiyatining teng huquqli sub’ekti sifatida xalqaro maydonda faoliyat ko‘rsatib,…

Norova Nasiba Azamatovna

Toshkent viloyati, Qibray tumani prokurori katta yordamchisi, 3-toifali yurist

Annotatsiya
Maqolada vaziyat o‘z ayblari, protseduralarni va sudgacha bo‘lgan protseduralarni soddalashtirish hamda tezlashtirishga yordam berashi tahlil qilingan. Shuningdek, prokuror va aybdorlik instituti o‘rtasida da’vo instituti o‘z aybini tan olganlikda ayblanib, prokurorning ayblanuvchi tomonidan ayblanganlik evaziga imtiyozlar berishiga qaratilgan. Himoyachining kontsessiyasi zaryad miqdorini kamaytirish va jazoni yumshatish uchun bo‘lishi mumkin…

Ruzmetov Botirjon Xayitbayevich

yuridik fanlar nomzodi, Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Annotatsiya
Maqolada tergov harakatlari institutining zamonaviy tushunchasi, mohiyati va xususiyatlari masalalari ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasida butun normativ-huquqiy bazani isloh qilishga asos bo‘luvchi jinoyat jarayonida tergov harakatlari institutining mohiyatini, mamlakat sud-huquq tizimini modernizatsiyalash va erkinlashtirish nazariyasini o‘rganishning metodologik asoslari ham ko‘rib chiqilgan…

Choriyeva Dilbar Mengdabilovna

Toshkent davlat yuridik universiteti doktoranti

Annotatsiya
Ushbu maqolada jinoyat-protsessual funksiyalardan biri bo‘lgan himoya funksiyasining mohiyati, uning jinoyat protsessi faoliyat yo‘nalishi sifatidagi ahamiyati, mazkur funksiyaning amal qilishi natijasida kelib chiqadigan himoya huquqi tushunchasi ochib berilgan….

Valijonov Daler Dilshodovich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Annotatsiya
Maqolada prokuratura idorasining jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha xalqaro hamkorligi masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Bundan tashqari, maqola xalqaro tashkilotlarning mintaqaviy doirasidagi jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik prokuraturasiga oid masalalarga bag‘ishlangan. Ushbu ilmiy tadqiqotda qidirilayotgan shaxslar tizimini takomillashtirish hamda biometrik pasportlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar bildirildi…

Safarov Temur O‘ktamovich

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura akademiyasi mustaqil tadqiqotchisi

Annotatsiya
Maqolada korrupsiyaning umumiy nazariy jihatlari prinsipal va xodim o‘rtasidagi munosabatlarda hamda tashkilot bilan bog‘liq muammolar asosida yotadigan obyektiv va subyektiv sharoitlar asosida o‘rganib chiqilgan. Shuningdek, ularning davlat boshqaruvi organidagi korrupsiya darajasiga ta’siri o‘rganilgan. Davlat xizmatchisi va u faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot o‘rtasidagi munosabatlarda yuzaga keladigan korrupsiya holatlari muhokama qilinadi…