MILLIY HUQUQIY TIZIMDA OMMAVIY HUQUQ RETSEPSIYASINING AYRIM NAZARIY-HUQUQIY MASALALARI

Axmedshayeva Mavluda Axatovna

Toshkent davlat yuridik universiteti “Davlat va huquq nazariyasi” kafedrasi professori, yuridik fanlar doktor

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Maqolada huquqiy tartibga solish sohasida, ayniqsa, ommaviy huquq sohasida G‘arb tajribasidan postsotsialistik makon davlatlarining huquqiy qabul qilish amaliyoti masalalari hamda bu hodisa haqida olimlarning turli qarashlari tahlil qilinib, ularni umumlashtirishga harakat qilinadi. Ta’kidlanadiki, garchi olimlarning ushbu huquqiy hodisa va uning xususiyatlari haqida ko‘plab ta’riflari mavjudligiga qaramay, afsuski, huquqiy tartibga solishda xorijiy tajribani qabul qilish, o‘zlashtirish nazariyasi haligacha ishlab chiqilmagan. Xorijiy davlatlar huquqiy tajribasi va huquqiy tartibga solish usullarini o‘zlashtirish juda mas’uliyatli va ko‘pincha tavakkalchilik jarayoni bo‘lib, chuqur tahlil qilish, ilmiy yondashuvni va uning oqibatlarini samarali prognozlashni talab qiladi. Maqolada zamonaviy huquqiy rivojlanish amaliyotidan kelib chiqib, davlat huquqi sohasida xorijiy tajribani qabul qilishning o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinib, O‘zbekistonda bu jarayonni kelgusida takomillashtirish yuzasidan asosli taklif va tavsiyalar ilgari suriladi.
Kalit so'zlar
doktrina, huquq tizimi, ommaviy huquq, huquqni o‘zlashtirish, chet el tajribasini o‘zlashtirish, huquq retsepsiyasi, ommaviy huquq retsepsiyasi, ma’muriy sudlar, ma’muriy tartib-taomillar, prognozlash, huquqiy eksperiment.
Iqtibos uchun
For citation: