
3 / 2023 son — Yurisprudensiya
Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan
Toshqulov Joʻraboy Oʻrinboyevich
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq ilmiy tadqiqot instituti boʻlim boshligʻi, yuridik fanlar doktori, professor
Muhammadjonov Jasurbek Jahongir oʻgʻli
Davlat va huquq ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktoranti
Annotatsiya
Maqolada Qadimgi Sharqda inson va fuqarolarning tadbirkorlik bilan shugʻullanish huquqini taʼminlashning huquqiy kafolatlari, uni amalga oshirish uchun belgilangan tartib-qoidalar va ushbu huquqni taʼminlashning huquqiy normalari yoritilishi, insonlarning mulk huquqini taʼminlashning huquqiy asoslari tahlil qilingan. Sharq xalqlarining tarixiy-huquqiy yodgorliklari boʻlmish “Hammurapi qonunlari”, zardushtiylikning “Avesto” kitobi hamda hind xalqi merosi hisoblangan “Manu qonunlari”da ushbu huquq taʼminlanishining kafolatlari yoritilgan. Maqolaning asosiy eʼtiborga molik jihati shundan iboratki, Qadimgi Sharqda inson va fuqarolarning mulk huquqi taʼminlanishi, muhofaza qilinishi bilan bogʻliq qoidalar oʻrganib chiqilgan. …
Xodjayev Baxshillo Kamolovich
Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori, professor v. b., yuridik fanlar doktori
Annotatsiya
Ushbu maqolada Oʻzbekiston sharoitida sud pretsedentini qoʻllash istiqbollari muhokama qilingan. Anglo-sakson va romano-german huquq oilalariga mansub xorijiy huquq tizimlari misolida qiyosiy tahlil va tadqiqot ishlari olib borilgan. Oʻzbekiston Respublikasida “yozma huquq” tizimi amal qiladi hamda Buyuk Britaniya va AQSh huquqiy tizimlaridan farqli ravishda, bu sud pretsedenti tizimi huquqiy ahamiyatga ega emas, yaʼni maʼlum bir ish boʻyicha qabul qilingan sud qarori boshqa xuddi shunday ish boʻyicha huquqiy ahamiyatga ega boʻlmaydi. …
Haydarov Shuhratjon Djumayevich
Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi professori v.b., yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Annotatsiya
Mazkur maqolada tibbiyot xodimlari tomonidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik jinoyati tushunchasi, jinoyatning o‘ziga xos belgilari hamda ushbu jinoyatning asosiy tushunchalariga oid masalalar bayon etilgan. Shuningdek, bugungi kunda respublikamizda tibbiyot xodimlarining o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik jinoyatining yildan yilga o‘sib borayotganligi, bu esa ushbu jinoyatlarga qarshi kurash tizimini yanada takomillashtirish zarurati asoslantirilgan. …
Ataniyazov Jasurbek Kurbanbayevich
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti doktoranti, kapitan
Annotatsiya
Ushbu maqolada shaxsning vafoti munosabati bilan ish yuritishni rad etish yoki tugatish bilan bog‘liq protsessual muammolar va mazkur masalalarning huquqiy tartibga solish jihatlari tadqiq etilgan. Shuningdek, maqolada jinoyat ishi doirasida ayblanuvchi tariqasida jalb etilishi lozim bo‘lgan shaxsning vafot etgan vaqtida protsessual maqomi qonunchilikda saqlanganligi, biroq tergovga qadar tekshiruv vaqtida va shaxsning gumon qilinuvchi sifatidagi maqomi bilan bog‘liq protsessual davrda vafot etishi yuzasidan ishni hal etishning keyingi mexanizmi mavjud emasligi borasidagi muammolar va mavzuga oid huquqiy kolliziya, …