2 / 2023 son — Yurisprudensiya

Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan

Odilqoriyev Hojimurod To‘xtamurodovich

professor, yuridik fanlar doktori

Тulteev Ilyas Тavasovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Maqola mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar tahlili va eʼlon qilingan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi referendumining siyosiy-huquqiy ahamiyatiga bag‘ishlangan. Unda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasining asosiy mazmun-mohiyati, muhim xususiyatlari va kiritilayotgan yangi konstitutsiyaviy qoidalar ilmiy talqin etilgan. Loyihaning bir qator moddalarini yanada mukammallashtirishga oid taklif hamda mulohazalar ilgari surilgan. Konstitutsiyaviy islohotlar o‘tkazish zaruriyatini asoslovchi dalillar keltirildi hamda Аsosiy qonunni yangilash zaminiga qo‘yilgan quyidagi g‘oyalar, yaʼni inson qadrini ulug‘lash; ahamiyati dunyo miqyosida eʼtirof etilayotgan xalqparvar adolatli ijtimoiy davlatni barpo etish,…

Nematov Jurabek Nematilloyevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi professor v.b, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Ushbu maqolada biz O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy ish yuritish tartibida ariza (shikoyat)ning ko‘rib chiqilishini aniqlashga doir ayrim huquqiy muammolarni ochib berishga harakat qilamiz. O‘zbekistonning sud amaliyoti va qonunchiligida ma’muriy da’volarning maqbulligi tushunchasidan foydalanilmagan. Ammo Germaniya va boshqa bir qator mamlakatlarda ma’muriy ish yuritishda ma’muriy da’volarning maqbulligi va asosliligi tushunchalari alohida ajralib turadi. Ushbu tushunchalar ma’muriy ish yuritishda sudning rasmiy talablariga ko‘ra mohiyatan ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lmagan da’volarni kesish imkoniyatiga ega bo‘lishini ta’minlash uchun ishlatiladi. …

Sayidumarov Oybek Tursunxo‘ja o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi masʼul xodimi

Annotatsiya
Ushbu maqolada so‘nggi yillarda davlat boshqaruvi, davlat fuqarolik xizmatchisi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan tub islohotlar o‘rganilgan. Xususan, davlat xizmatchilarining maʼnaviy qiyofasini shakllantirish, ularning axloqiy va huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha “Davlat mansabdor shaxslari o‘zini tutishining xalqaro kodeksi” va “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi” xalqaro standarti kabi xalqaro hujjatlarning talablari muhokama qilingan. …

Hazratqulov Odilbek Tursunovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro xususiy huquq kafedrasi mudiri, yuridik fanlar nomzodi, dotsent

Annotatsiya
Jahon hamjamiyatining globallashuvi natijasida tadbirkorlik subyektlarining huquq va majburiyatlari xalqaro shartnomalar, konvensiyalar, milliy qonunchilikda mavjud kollizion normalar orqali himoya qilinishi kafolatlangan. Bugungi kunda zamonaviy texnologik vositalar taʼminoti hamda dasturlash faoliyatining rivojlanishi mazkur munosabat ishtirokchilarining huquqlari bilan bogʻliq masala yechimi ustida tadqiqotlar olib borishni kun tartibiga qoʻymoqda. Oʻz navbatida, raqamli moliyaviy xizmatlar koʻrsatish sohasida ilgarilab ketgan rivojlangan mamlakatlarning ushbu sohani tartibga solishga qaratilgan qonunlari hamda qonunosti hujjatlarini koʻrib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. …

Yuldashov Abdumumin Abdugopirovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Intellektual mulk huquqi kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Maqolada XX asrning oxirgi choragidan boshlab mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektlarining axborot-kommunikatsiya tarmoqlarida huquqiy muhofazasini ta’minlashga doir muammolarning yuzaga kelishi va o‘z navbatida, muallif (huquq ega)lar va foydalanuvchilar o‘rtasidagi tenglik (balans) masalasini doimiy ushlab turish bilan bog‘liq jihatlar xususida so‘z boradi. Ma’lumki, 1996-yilda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti tomonidan aynan mualliflik va turdosh huquqlar obyektlarining Internet tarmog‘ida huquqiy muhofazasini ta’minlashga doir ikkita muhim hujjat – internet shartnomalari qabul qilingan. …

Xudayberganov Behzod Baxtiyorovich

Toshkent davlat yuridik universiteti doktoranti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Mengliyeva Sitora Baxtiyor qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti

Annotatsiya
Yangi davrga o‘tish, inson faoliyatining o‘zgarishi va raqamlashtirilishi aynan shu sohada, shuningdek, butun iqtisodiyotda savdo aylanmasining jadal rivojlanishi va o‘sishiga xizmat qildi. Internet platformasida savdo o‘sib borayotgan soha va ayni paytda iqtisodiyot uchun kuchli foyda generatoridir. Savdoning yangi turi aholi bandligini ta’minlash, o‘zini o‘zi ish bilan band qilish uchun yangi istiqbollarni ochib, xususiy tadbirkorlik rivojiga turtki bo‘lmoqda. …

Karimova Madina Mirzadjanovna

Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey o‘qituvchisi

Annotatsiya
Notariuslar tomonidan mediatorlik funksiyalarini amalga oshirish hozirda o‘ta dolzarb vazifa bo‘lib, buni mamlakatimizdagi barcha notariuslar ham bajaravermaydi. Ushbu funksiyaga talab va uning ijtimoiy ahamiyati ortib bormoqda, ammo bu faoliyat sohasi hali faol rivojlanmaydi, chunki ko’plab notariuslar vositachilik faoliyatining tadbirkorlik xususiyatini hisobga olgan holda qo’shimcha funksiyalarni olishni xohlamaydilar. Bu ham notariuslarning ish yuki bilan bog’liq. Ushbu maqolada notariuslarga vositachilik vakolatlarini berishning xususiyatlari va muammolari muhokama qilinadi. …

Xabibullayev Davlatjon Yulchiboyevich,

Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi mudiri, professor, yuridik fanlar nomzodi

Annotatsiya
Mazkur maqolada fuqarolik protsessida ishda ishtirok etuvchi shaxslarning protsessual huquqiy maqomi bo‘yicha fuqarolik protsessual qonunchiligi va fuqarolik protsessual huquqi fani nazariyasi bo‘yicha huquqshunos olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari tahlil etilgan. Xususan, fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlar subyektlari turlari, fuqarolik sud ishlarini yuritish ishtirokchilari, sud protsessi ishtirokchilari, ishda ishtirok etuvchi shaxslar kabi tushunchalar ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq qilingan. …

Xayitov Panji Buxarovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada energetik xavfsizlikning milliy tizimdagi o‘rni, ahamiyati tushunchasi va tizimi bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish hamda ularni tahlil qilish yuzasidan fikr va mulohazalar bildirilgan. Shuningdek, energetik xavfsizlikning milliy tizimdagi o‘rni va ahamiyati tushunchasi va tizimi ekologiya huquqi nazariyasini yanada rivojlantirishga oid eng muhim masalalar tahlil qilindi. …

Niyozova Salomat Saparovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Mazkur maqolada zo‘ravonlik va tazyiqqa uchragan ayollar viktimligi profilaktikasi hamda xorijiy davlatlar tajribasiga doir masalalar bayon etilgan. Shuningdek, zo‘ravonlik va tazyiqqa uchragan ayollarning viktim xulq-atvori natijasida nomusga tajovuz qilganlar bir necha guruhga ajratib o‘rganilgan. Jumladan: 1) jabrlanuvchilarning mast holda bo‘lganligi; 2) pala-partish tanishuv, yengiltak, ba’zan erkak bilan muloqotda chechan bo‘lgan ayollar va h.k. …

Toshpulatov Аkrom Ikromovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, yuridik fanlar nomzodi

Annotatsiya
Insonparvarlik prinsipi jinoyat qonunchiligidagi eng markaziy prinsiplardan biri bo‘lib, u jinoyat sodir qilgan shaxsga nisbatan insonparvar munosabatda bo‘lishni kafolatlaydi. Jinoyat qonuni huquqbuzarlikning eng xavfli turi bo‘lgan jinoyatni sodir qilgan shaxslarga nisbatan majburlov choralarini qo‘llash masalalarini tartibga soladi. Bu jarayonda insonparvarlik muhim ahamiyat kasb etadi. Jinoyat qonunida insonparvarlik prinsipining mohiyati nima? …

Xodjayev Shohrux Muzaffarovich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi qonunchilik va huquqiy siyosat instituti katta ilmiy xodimi

Annotatsiya
Ushbu maqolada muallif Oʻzbekiston Respublikasidagi zamonaviy ayollar jinoyatchiligining kriminologik tavsifi, uning oldini olish, profilaktika oʻtkazish va unga qarshi kurashish chora-tadbirlari tizimini keyinchalik ishlab chiqish uchun asos sifatida keltirgan. Maqolada, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning tasnifi oʻrganilgan. Soʻnggi oʻn yil ichida ayollar jinoyatchiligi darajasining miqdoriy koʻrsatkichlari uning tendensiyalari va dinamikasini baholashga imkon beradi. …

Ahmedova Guzalxon Utkurovna,

Toshkent davlat yuridik universiteti Kriminalistika va sud ekspertizasi kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar doktori

Sobitova Umidaxon Murod qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti

Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada O‘zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga tayanib, “odam savdosi” tushunchasi va odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, odam savdosi inson huquqlarining jiddiy buzilishi ekanligi, yordam va himoya qilish uchun barcha harakatlar odam savdosi qurbonlarining huquqlarini tiklash va ularning keyingi buzilishining oldini olishga qaratilgan bo‘lishi kerakligi ta’kidlangan. …

Jabbarov Zokirjon Qodirjonovich

IIV Аkademiyasi Tergov faoliyati kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Maqolada muallif tergov organlari yurituvida bo‘lgan bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha jinoyat ishi materiallarini tizimlashtirish bilan bog‘liq ayrim masalalarni ko‘rib chiqadi. Xususan, jinoyat ishi materiallarini tizimlashtirish usullari, jinoyat ishining murakkabligi, uning hajmi, epizodlar soni, ayblanuvchilar soni va boshqa holatlarga qarab, tergovchi materiallarni tizimlashtirishning xronologik va aralash usullaridan foydalanadi. …

Abdullayev Diyor Ibodillayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Kadrlar bo‘limi bosh mutaxassisi, mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Milliy qonunchiligimizga ko‘ra, uy qamog‘i boshqa jinoyat-protsessual ehtiyot choralariga nisbatan yangi huquqiy institut hisoblanadi. Mazkur maqolada muallif tomonidan jinoyat-protsessual ehtiyot choralarining umumiy tavsifi, ehtiyot chorasi sifatida uy qamog‘i tushunchasi, uning huquqiy elementlari hamda mazmun-mohiyatining ilmiy-nazariy jihatlari xorijiy mutaxassislar va mahalliy tadqiqotchilar fikrlarini qiyosiy tahlil qilish orqali atroflicha yoritib berilgan. …

Umarxonov Azizxon Sharipxonovich

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi, dotsent, yuridik fanlar nomzodi

Annotatsiya
Mazkur maqolada jinoyat protsessi ishtirokchilari hisoblangan jabrlanuvchi, guvohlar, ekspert, tarjimon va boshqalarning xavfsizligini taʼminlash zarurati va bugungi kunda yuzaga kelayotgan muammolar oʻrganilgan hamda chuqur tahlil qilingan. Jinoyat protsessida shaxsiy xavfsizlik muammosini ilmiy (doktrinal) asoslash va ilmiy tadqiqotning miqdoriy qismini yetarli darajada toʻplash zarurligini hisobga olib qabul qilingan huquqiy hujjatlar bilan bir qatorda, jinoiy odil sudlovga hissa qoʻshayotgan shaxs, shuningdek, zamonaviy jinoiy sudlovning boshqa ishtirokchilari uchun jinoiy-protsessual xavfsizlik choralarini tergov va sud amaliyotida samarali qoʻllash muammosi haqida bir qancha fikr-mulohazalar bildirilgan. …

Shonazarov Abduvali Shonazarovich

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada uyushgan guruhlarni sodir etgan jinoyati uchun tergov qilishda tergov harakatlarini o‘tkazishning muhim jihatlari yoritilgan. Shuningdek, tergovchi va operativ-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar va xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, dastlabki tergovni amalga oshirish kabi protsessual harakatlarning qanday tartibda bajarilishi o‘z ifodasini topgan. Shu kabi kriminalistik munosabatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan nafaqat jinoyatlarni tergov qilishda isbotlanishi, balki zarur bo‘lgan jinoiy faoliyat belgilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirish amalga oshiriladi. …