RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING SHAXSIY HAYOT DAXLSIZLIGI HUQUQIGA NISBATAN TA’SIRINING NAZARIY TAHLILI
Madiyev Faxriddin Hoshim o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi katta o‘qituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning shaxsiy hayot daxlsizligi huquqiga nisbatan ta’siri nazariy tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi hamda jamiyatimiz hayotiga keng joriy qilinishi davlatimizda istiqomat qilayotgan fuqarolarimizning shaxsiy hayoti daxlsizligini ta’minlash borasida ilmiy tadqiqotlar olib borishni taqozo etmoqda. Shu bois shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi tushunchasini konseptual, ilmiy-metodologik jihatdan o‘rganish va tahlil etish lozim. Muallifning fikricha, “shaxsiy hayoti haqidagi ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, foydalanish”, “yozishmalar, telefonda so‘zlashuvlar, telegraf va boshqa jo‘natmalarni sir saqlash”, “shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish”, “sha’ni va qadr-qimmatiga daxldor ma’lumotlarni ularning roziligisiz oshkor etmaslik” kabilarga to‘xtalib o‘tish orqali “shaxsiy hayot daxlsizligi” tushunchasiga mualliflik ta’rifi ishlab chiqish mumkin. Maqolada xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasi hamda huquqshunos olimlarning shaxsiy hayot daxlsizligiga oid yondashuvlari tahlil qilingan holda, raqamlashtirish sharoitida shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi va uni konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari kompleks o‘rganilib, shaxsiy daxlsizlikka oid O‘zbekiston qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar berilgan.
Kalit so'zlar
raqamlashtirish, shaxsiy hayot, shaxsiy hayot daxlsizligi, shaxsiy ma’lumotlar, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish, sha’ni va qadr-qimmatiga daxldor ma’lumotlarni ularning roziligisiz oshkor etmaslik, shaxsni tasdiqlovchi ma’lumotlar.