JAZO MAQSADLARIGA ERISHISHDA PENITENSIAR SIYOSAT

Salayev Nodirbek Saparbayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Muallif haqida ma'lumot

Iqtibos uchun
For citation:
Annotatsiya
Mazkur maqolada penitensiar siyosatning jinoiy jazo qo‘llashdan ko‘zlangan maqsadlarga erishishdagi roli huquqiy jihatdan tahlil etilgan. Muallifning fikricha, jamiyatning yashash sharoitlari qanday bo‘lishidan qat’i nazar, huquqbuzarliklardan jamiyatning o‘zini o‘zi himoya qilish vositasi sifatida jazo zarurdir. Ko‘plab davlatlarda va umuman hozirgi zamon jinoyat huquqi doktrinasida jazo mahkumni axloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatni davom ettirishiga to‘sqinlik qilish, ijtimoiy adolatni tiklash hamda mahkum, shuningdek, boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida qo‘llanadi. Maqolada xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasi hamda huquqshunos olimlarning davlat boshqaruvi shakliga oid bu boradagi yondashuvlari tahlil qilingan. Shu bilan bir qatorda, muallif tomonidan penitensiar siyosat asosiy yo‘nalishlarining o‘ziga xos xususiyatlariga ham huquqiy jihatdan baho berilgan.
Kalit so'zlar
penitensiar tizim, mahkum, jazo maqsadi, jazoni ijro etish, differensiatsiya.