TIBBIY YOʻSINDAGI MAJBURLOV CHORALARINI QOʻLLASH TOʻGʻRISIDAGI ISHLARNI YURITISHNING OʻZIGA XOSLIGI

Sayfullayev Bahodir Bahromovich

IIV Akademiyasi mustaqil izlanuvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada aqli noraso yoki ruhiyati vaqtinchalik buzilgan shaxslar tomonidan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilganda, ularga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha qonunchilik va amaliyotda vujudga kelayotgan muammolar oʻrganilgan. Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga qaramasdan, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi, uning aniq belgilab qo‘yilganligi, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilayotgan shaxsning huquq va erkinliklarini taʼminlash yoʻlidagi ishlar e’tibordan chetda qolmoqda. Davlatimiz tomonidan “Inson qadri uchun” amalga oshirilayotgan islohotlar yoʻlida aqli noraso shaxslarni jamiyat hayotiga qaytarish, ularni davolash va ular tomonidan huquqbuzarlik hamda ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishining oldini olish eʼtibordan chetda qolmasligi va ushbu institutni qoʻllash tartibini takomillashtirish zarur. Mazkur muammolarni huquqiy tartibga solish uchun Oʻzbekistonning tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash sohasi va sogʻliqni saqlash tizimi qonunchiligini xalqaro talablarga moslashtirish hamda sud-huquq tizimi shaffofligini taʼminlash darkor. Muallif ushbu masalalarning huquqiy yechimini topishning asosiy yoʻnalishi qonunlar va huquqiy adabiyotlarga tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllashning aniq chora-tadbirlari va tushunchalarini kiritish zarurligini ta’kidlaydi.
Iqtibos uchun
For citation:
Kalit so'zlar
tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari, aqli norasolik, ruhiy holatning buzilishi, yuridik mezon, tibbiy mezon, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash.