QURILISH SOHASIDA EKOLOGIK NAZORATNI AMALGA OSHIRISHNING HUQUQIY JIHATLARI

Nurullayev Shohrux Shuhratillayevich

Toshkent davlat yuridik yuridik universiteti
tayanch doktoranti

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada qurilish sohasida ekologik nazoratning amalga oshirilish tartibi va huquqiy asoslariga tо‘xtalib о‘tilgan bо‘lib, ushbu sohaga oid qonunchilikdagi muammolar yuzasidan asosli takliflar berilgan. Qurilish sohasiga oid normalarda mavjud bо‘lgan ekologik terminlarga huquqiy ta’riflar keltirilgan. Shuningdek, qurilish ishlarida ekologik nazoratni amalga oshirishda jamoatchilik ekologik nazoratiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Ayniqsa, urbanizatsiyalashuv jarayonlarining globallashuvi aholi sonining oshishi, infratuzilmaning о‘zgarishi natijasida atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qonunchilikka ham ta’sir kо‘rsatishi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etilgan. Sohada uchrashi mumkin bо‘lgan huquqiy muammolar prognoz qilindi va bartaraf etish mumkin bо‘lgan farazlar ilgari surildi. Ekologik nazorat va ekologik ekspertizaning qurilish sohasidagi о‘rni huquqiy jihatdan asoslantirildi. Tadbirkorlar tomonidan olib borilayotgan qurilish faoliyatining ekologik-huquqiy talablarga rioya qilinishi holati va muammolar sanab о‘tildi. Ularga beriladigan imtiyozlar va belgilangan cheklovlar atrof-muhitni muhofaza qilish pozitsiyasidan kelib chiqqan holda ifodalab berildi. Xulosa qismida qurilish sohasida atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq qonunosti normativ-huquqiy hujjatlarning amaliyotga tatbiq etilishi bilan bog‘liq mexanizmlar yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqildi.
Kalit so'zlar
qurilish ekologiyasi, aholi punktlarida atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik nazorat, ekologik ekspertiza, “yashil qurilish”.
Iqtibos uchun
For citation: