4/2022 son — Yurisprudensiya

Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan

Odilqoriyev Hojimurod To‘xtamurodovich

yuridik fanlar doktori, professor

Annotatsiya

Axmedshayeva Mavluda Axatovna

Toshkent davlat yuridik universiteti
Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi
professori, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Mazkur maqolada jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlari va ular mansabdor shaxslarining qonunga zid qaror, harakati (harakatsizligi) yuzasidan ma’muriy sudga shikoyat qilish huquqini amalga oshirishning ayrim jihatlari tahlil qilingan. O‘zbekistonda ma’muriy yustitsiyaning kelib chiqish tarixi, ma’muriy sudlar tizimini isloh qilishga qaratilgan qonunchilikdagi o‘zgarishlar keltirib o‘tilgan. Amalga oshirilgan islohotlar natijasida ma’muriy sudlar faoliyati birmuncha takomillashtirilgan bo‘lsa-da, mazkur maqola doirasida tahlil qilingan ma’muriy sud ishlarini yuritishda sudga taalluqlilik masalasi hali-hanuz eng bahsli va munozarali masalalardan biri bo‘lib qolmoqda…

Hoshimxonov Аhror Mo‘minovich

Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori,
yuridik fanlar nomzodi, dotsent

Annotatsiya
Mazkur maqolada Hukumat javobgarligiga oid ilmiy-nazariy asoslar to‘g‘risida fikr yuritilib, huquqshunos olimlarning ushbu yo‘nalishdagi mulohaza va tadqiqot natijalari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada Hukumat javobgarligiga daxldor bo‘lgan xorijiy mamlakatlarning konstitutsiyaviy-huquqiy amaliyoti qiyosiy-huquqiy jihatdan o‘rganilib, tegishli xulosalar ilgari surilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati konstitutsiyaviy-huquqiy javobgarligiga oid konstitutsiyaviy-huquqiy asoslar tahlili natijasiga ko‘ra, ushbu asoslar mexanizmlarini yanada takomillashtirish yuzasidan nazariy va amaliy taklif hamda tavsiyalar ilgari surilgan. Vazirlar Mahkamasi jamiyat hayotida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib, o‘zi ham ushbu munosabatlarning faol ishtirokchisi sifatida maydonga chiqsa-da, bu kabi munosabatlar Konstitutsiyada belgilangan hukumatning asosiy vakolatlari asosida amalga oshirilganligi sababli ham ularning baʼzilarini biz konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar sifatida baholashimiz mumkin. To‘g‘ri, hukumatning barcha faoliyat tartibi va uni amalga oshirish mexanizmlari Asosiy qonunda o‘z ifodasini topmagan. Biroq bu munosabatlarning eng asosiy va umumiy jihatlari aynan Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgan. Hukumatning masʼuliyati va javobgarlik masalalari uning bu kabi munosabatlarda davlat hokimiyatining oliy organlari, jumladan, Prezident va Oliy Majlis bilan o‘zaro aloqadorlikda kechganligi tufayli uni biz bemalol konstitutsiyaviy-huquqiy munosabat hamda konstitutsiyaviy-huquqiy javobgarlik sifatida tushunamiz…

Turdiyev Hayitjon Usmonqul o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti v.b., yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Mazkur maqolada davlatning boshqaruv shakliga hokimiyat tarmoqlari oʻrtasidagi munosabatlarning taʼsiri masalalari tahlil etilgan. Davlat hokimiyati tizimida parlament va hukumat oʻrtasidagi oqilona muvozanat muammosi bugungi kunda dolzarb hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat va ijro etuvchi hokimiyat oʻrtasidagi munosabatlar har bir davlatning boshqaruv shakliga bevosita taʼsir qiluvchi muhim vositadir…

Habibov Rustam Izatullayevich

Oʻzbekiston Respublikasi DBQ Bojxona instituti boshligʻi oʻrinbosari

Annotatsiya
Maqolada chegara bojxona postlari inspektorlari yukli transport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish amaliyoti tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida Bojxona kodeksida koʻzda tutilmagan bo‘lsa-da, turli normativ hujjatlar bilan kirib qolgan protseduralar, masalan, tranzit transporti mamlakat yoʻllaridan foydalangani uchun yigʻim, tusi oʻzgartirilgan foyda uchun yigʻim yoki yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima undirish kabi vazifalar bojxonaga yuklanganligi aniqlangan….

Imomov Nurillo Fayzullayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti
Fuqarolik huquqi kafedrasi mudiri,
yuridik fanlar doktori, professor

Annotatsiya
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-apreldagi F–5464-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish Konsepsiyasidan kelib chiqib, fuqarolik huquq va burchlarining vujudga kelishi hamda ularning himoya qilinishi masalalari tahlil qilingan…

Bahromova Mohinur Bahromovna

Toshkent davlat yuridik universiteti
Intellektual mulk huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Raqamli arbitraj nizolarni hal qilishning muqobil mexanizmi bo‘lib, asosan, elektron aloqa vositalaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi. ..

Karimova Madina Mirzadjanovna

TDYU qoshidagi akademik litsey o‘qituvchisi

Annotatsiya
Maqolada raqamli texnologiyalarning rivojlanishi, elektron notarial tizimni takomillashtirish, shuningdek, ushbu sohadagi milliy va xalqaro tajriba, elektron notarial tizimni yaratish boʻyicha olib borilayotgan ishlar oʻrganilgan. ..

Salayev Nodirbek Saparbayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti
professori, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Mazkur maqolada penitensiar tizimda profilaktik funksiyani amalga oshirishning tutgan oʻrni va ahamiyati, uning natijadorligi hamda samarasini oshirish masalalari oʻrganilgan. …

Sayfullayev Bahodir Bahromovich

IIV Akademiyasi mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada aqli noraso yoki ruhiyati vaqtinchalik buzilgan shaxslar tomonidan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilganda, ularga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha qonunchilik va amaliyotda vujudga kelayotgan muammolar oʻrganilgan…

Choriyev Anvar Kuziyevich

Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani IIB xodimi

Annotatsiya
Mazkur maqolada muallif qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holat sifatida zaruriy mudofaa va uning oʻziga xos xususiyatlarini yoritgan…

Mahmudov Sunnat Azim oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti
Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi oʻqituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada sud-huquq islohotlarini amalga oshirish bosqichida jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilik normalari asosida jinoyat ishini tugatish instituti tushunchasi, uning oʻziga xos jihatlari va protsessual ahamiyati bayon etildi. Maqolada olimlar tomonidan jinoyat ishini tugatish instituti boʻyicha ilgari surilgan qarashlar orqali ushbu institutning qoʻllanish doirasi oʻrganildi….

Rasulov Jurabek Abdusamiyevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi dotsenti v. b., yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori

Annotatsiya
Mazkur maqolada xalqaro ommaviy huquqning kichik tarmog‘i sifatida xalqaro migratsiya huquqining shakllanishi va rivojlanishi, migratsiya jarayonlarini xalqaro huquqiy tartibga solish masalalari yuzasidan mumtoz va zamonaviy xalqaro huquqiy qarashlarning nazariy-konseptual jihatlari, ushbu huquq tarmog‘i doirasida amalga oshiriladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish predmetining o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy o‘rganishning tahlil, umumlashtirish, qiyosiy-huquqiy, tarixiylik kabi usullari orqali ochib berilgan…

Bozorova Nasiba Poʻlatjonovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi

Annotatsiya
Taʼlim jarayonida kishilik jamiyatidagi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy muammolarni yagona bir manba orqali oʻrganish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish imkoni mavjud. Bu manba hayot haqiqatidan bahs etuvchi badiiy asarlardir…

Rasulova Mahbuba Ravshan qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti
Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada huquqshunoslik yo‘nalishidagi talabalar uchun yuridik ingliz tilini o‘rgatishda o‘quv yilining ahamiyati haqida umumiy ma’lumotlar berish ko‘zda tutilgan. Ma’lumotlar real kontekstga oid zamonaviy hodisalarning empirik tadqiqi hisoblangan case study metodidan foydalangan holda tahlil qilingan. Tadqiqot Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU)da aynan tanlab olingan ikki guruh: birinchi va ikkinchi kurslarda olib borildi. Tanlangan guruhlar darslari kuzatildi, kerakli ma’lumotlar yig‘ildi va yakunda ko‘ngilli talabalar intervyuga taklif etildi. Ma’lumotlar ularning yaxlit xususiyatini saqlaydigan asosli nazariyaga tayangan holda tahlil qilingan. Tadqiqot natijasi shuni ko‘rsatdiki, talabalar bir yil mobaynida huquqiy bilimlarini oshirgani uchun ikkinchi o‘quv yili, ya’ni ikkinchi kursdan boshlab yuridik ingliz tilini o‘qitish foydali va samarali bo‘ladi. ..