2/2022 son — Yurisprudensiya

Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan

Hoshimxonov Ahrorxon Mo‘minovich

TDYU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori

Annotatsiya
Mazkur maqolada hukumatni shakllantirishning zamonaviy usullaridan biri bo‘lgan parlamentar usul to‘g‘risida fikr yuritilib, huquqshunos mutaxassislarning ushbu yo‘nalishdagi mulohazalari va xorijiy parlamentar mamlakatlarning ijro etuvchi hokimiyat oliy organini shakllantirishga oid konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini o‘rganish asnosida uning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan.

Abdullayeva Maftuna Murod qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti doktoranti,
yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Mazkur maqolada Oʻzbekistondа konstitutsiyaviy nazorat institutining vujudga ke­lishi va rivojlanish bosqichlari tadrijiy tahlil qilingan. Muallif mamlakatimizda konstitutsiyaviy sudlov rivojini toʻrt bosqichga bo‘lib oʻrganish mumkinligini qayd etadi…

Yuldasheva Feruza Ulug‘bekovna

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi doktoranti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Maqolada davlat fuqarolik xizmatchilarini baholash usullaridan biri bо‘lgan attestatsiya jarayoni tahlil qilingan. Shuningdek, ilmiy qarashlar o‘rganilgan holda, davlat fuqarolik xizmatchilarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayonining о‘ziga xos belgilari yoritilgan va xususiy sektorda ishlovchi xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonidan farqli jihatlari keltirilgan…

Mahmudov Firuz Baxtiyor o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi direktori o‘rinbosari, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy davlat xizmatchilariga qo‘yiladigan talablar asosida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish bo‘yicha ijobiy yutuq va mexanizmlar xususida fikr yuritilib, ichki nazorat tizimlarini faoliyatga tatbiq etish masalalari atroflicha tahlil qilingan…

Rahimov Dilmurodjon G‘ulomjon o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tayanch doktoranti

Annotatsiya
O‘zbekiston Respublikasida davlat xizmati funksional jihatdan davlatning maxsus xizmati va davlat fuqarolik xizmatiga bo‘lingan. Davlatning maxsus xizmati har bir sohaga taalluqli bo‘lgan qonunlar asosida tartibga solinadi. Аmmo davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati yagona qonun bilan tartibga solinmagan. ..

Xudoyberganova Mavjuda Hamroqulovna

Toshkent davlat yuridik universiteti
Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Aholiga bepul tibbiy yordam ko‘rsatish va ularning ijtimoiy ta’minlanish vositalariga doir huquqiy munosabatlarini tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari ma’muriy huquqning ijtimoiy ta’minot huquqi tarmoqlari normalarida namoyon bo‘ladi. …

Azizov Bunyod Mavlonovich

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish
va monitoringini yuritish boshqarmasi boshlig‘i

Annotatsiya
Maqolada ma’muriy nizolarni hal qilishda xorijiy davlatlar tajribasi va O‘zbekiston Respublikasida sudgacha hal qilish mexanizmlari tahlil qilingan. Xorijiy davlatlar tajribasi nizolarni hal qilishning turli usullari mavjudligi va nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarining samarali qo‘llanib kelinayotganini ko‘rsatdi. ..

Yuldashov Abdumo‘min Abdugopirovich

Toshkent davlat yuridik universiteti
Intellektual mulk huquqi kafedrasi dotsenti v.b., yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Maqolada bugungi kunda O‘zbekistonda mualliflik huquqi himoyasining holati va jara­yonlari, xususan, bunda mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarning o‘rni xususida so‘z boradi…

Ibratova Feruza Boboqulovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi dotsenti, y.f.d.

Annotatsiya
Maqolada O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonunida davlat organining kelishuv bitimida ishtirok etish huquqi belgilanib, ularni amalga oshirish tartibi batafsil ko‘rsatilmagani va ko‘plab savollar ochiq qolgani bayon etilgan….

Niyozova Salomat Saparovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Mazkur maqolada oiladagi zo‘ravonliklarning oldini olish hamda milliy va xorijiy taj­ribaga doir masalalar bayon etilgan. Maqola mavzusining dolzarbligi shundaki, hozirgacha oiladagi zo‘ravonliklarning oldini olishga doir alohida masalalar va bu borada xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilinib, alohida tadqiqot predmeti sifatida o‘rganilmagan. Shuningdek, mavzuning dolzarbligi oiladagi zo‘ravonliklarning oldini olishga doir masalalarni ilmiy hamda nazariy jihatdan tadqiq etish, bu borada tegishli taklif va tavsiyalar berishdan iborat. …

Xudoyqulov Feruzbek Xurramovich

Toshkent davlat yuridik universiteti, Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Mazkur maqolada tadqiq etishning mantiqiylik, tizimlilik, mantiqiy-yuridik, qiyosiy-huquqiy metodlaridan keng foydalanilgan. Jumladan, birinchi navbatda, jinoyat tarkibi to‘g‘risidagi ta’limotning shakllanishi va uning tarixiy rivojlanish bosqichlari haqida atroflicha bayon qilingan. ..

Bobojonov Boboxon Po‘latovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada muallif davlat xaridlari sohasidagi jinoyatlarning oldini olishning ayrim masalalarini yoritgan. Muallifning qayd etishicha, davlat xaridlari sohasidagi jinoyatchilikning sabab va shart-sharoitlari hamda sababiyat qonuniyatining asl mohiyatini о‘rganish bu turdagi jinoyatlarning sodir etilishi mohiyati, shu orqali bunday qilmishlarga qarshi kurash hamda ularning oldini olish imkonini beradi. …

To‘xtashev Hikmatilla Ismatillayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Ekologiya huquqi kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish va muhofazalash bilan bog‘liq milliy va xorijiy mamlakatlar qonunchiligi, yerdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish masalasi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Qishloq xo‘jalik sug‘oriladigan yerlarini kimyoviy va zaharli moddalar bilan ifloslantirganlik yoki yer unumdorligini tushirib yuborganlik uchun jinoiy javobgarlik masalasi tahlil qilindi…

Jumanazarova Marjona Botir qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada oxirgi zarurat holatida sodir etilgan qilmishning o‘ziga xosligi va uni baholashning jinoyat-huquqiy jihatlari o‘rganildi. Oxirgi zarurat holatida sodir etilgan qilmishni baholash masalalari yuzasidan milliy jinoyat huquqi doirasida chuqur ilmiy izlanishlar bugungi kunda mavjud bo‘lmaganligi hamda ushbu ilmiy maqolada aks ettirilgan fikrlar ilmiy qarashlar sifatida o‘rin olganini hisobga olib, ushbu tadqiqot ishida, asosan, qiyosiy-huquqiy tahlil metodidan foydalanildi. Shu bilan birga, kuzatish, umumlashtirish, induksiya va deduksiya metodlari qo‘llanildi. Oxirgi zarurat chegarasidan chiqishning tarkibini tahlil qilish orqali ushbu qilmishga huquqiy baho berish masalalari yoritildi. ..

Hamidov Baxtiyor Hamidovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Kriminalistika va sud ekspertizasi kafedrasi
katta oʻqituvchisi

Nosirov Amirxon Bahodir oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti 4-kurs talabasi

Annotatsiya
Ushbu maqolada bank kartalaridan foydalanish bilan bogʻliq firibgarlik jinoyatining umumiy tushunchasi va kriminalistik tahlili bayon etilgan. Unda bank kartalaridan foydalanish bilan bogʻliq firibgarlik jinoyatining kriminalistik tavsif elementlari, ya’ni jinoyat predmeti, jinoyat sodir etish usullari, jinoyat izlari, jinoyatchining shaxsi haqidagi ma’lumotlar, jinoyat shart-sharoitlari yoritilgan. Shu bilan birga, bank kartalari bilan bogʻliq firibgarlik jinoyatini tergov qilishda raqamli izlar bilan ishlash jarayoni, milliy qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotida yuzaga kelayotgan muammolar hamda boʻshliqlar tanqidiy koʻrib chiqilgan. Ularni bartaraf etishning ilmiy asoslangan yoʻllari va mezonlari ishlab chiqilgan. Maqola raqamli izlar bilan ishlash sohasida amalga oshirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar, nazariyotchi olimlar hamda amaliyotchi xodimlar fikr-mulohazalari asosida tayyorlangan. Bundan tashqari, onlayn jinoyat turlaridan biri boʻlmish internet tovlamachilik jinoyatini bank kartalari bilan bogʻliq firibgarlik jinoyatiga oʻxshash jihatlari muhokama qilingan. Maqolada sohada yuzaga kelayotgan muam­molar tizimli, huquqiy, ilmiy-amaliy jihatdan tahlil etilgan, mualliflik xulosalari shakllantirilgan. Qonun chiqaruvchi va uni qoʻllovchi subyektlar uchun ilmiy asoslangan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqilgan….

Yusuvaliyeva Rahima Yusupovna

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Huquq nazariyasi va davlat boshqaruvi kafedrasi professor v.b., y.f.n., dotsent

Annotatsiya
Maqola huquq tizimida umumhuquqiy tamoyil sifatida tenglik tamoyilining kelib chiqishi va shakllanishi, tushunchasi va mohiyati, uning falsafiy va huquqiy talqinlari, ushbu tamoyilning qonun ijodkorligi, huquqni qo‘llash, odil sudlov va yuridik javobgarlik, huquqiy madaniyat va ijtimoiy munosabatlar, shuningdek xalqaro huquqdagi ahamiyatiga bag‘ishlangan….

Azimov Hakimali Imomovich

Toshkent davlat yuridik universiteti professor v.b., tarix fanlari nomzodi

Annotatsiya
Mazkur maqolada xalqimizning fashizmga qarshi janglarda qahramonlik namunalarini kо‘rsatibgina qolmay, balki front ortida ham fidoyilarcha mehnat qilib, frontni uzluksiz ravishda kerakli ashyolar bilan ta’minlaganliklari haqidagi ma’lumotlar о‘z aksini topgan. Zero, Buyuk g‘alaba fashizmga qarshi kurashda ishtirok etgan barcha xalqlar qatorida О‘zbekiston xalqining ham g‘alabasi edi. Darhaqiqat, О‘zbekiston xalqi Ikkinchi jahon urushining g‘alaba bilan yakunlanishi uchun bor imkoniyatlarini ishga soldi. Bir sо‘z bilan aytganda, xalqimiz urush yillarida frontni front orti bilan mustahkamlashga ham salmoqli hissa qо‘shdi. Maqolada aynan ushbu masalalar atroflicha tahlil qilishga harakat qilindi. …