XORIJ MAMLAKATLARIDA FUQAROLIK PROTSESSUAL MAJBURLOV CHORALARI
Dаvronov Doniyorbek Аbdullo o‘g‘li
Toshkent dаvlаt yuridik universiteti “Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
shbu mаqolаda fuqarolik sud ishlarini yuritishda protsessual majburlov choralarini qo‘llash yuzasidan ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasi, jumladan, Germaniya, Angliya, Finlandiya, shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlarining fuqarolik sudlarida qo‘llaniladigan protsessual majburlov choralari, ularning turlari, xususan, bu majburlov choralarining zarurati, ahamiyati va majburlov choralarini qo‘llash bilan bog‘liq amaliyot yoritilgan. Shuningdek, bu majburlov choralarining jamiyat, sud-huquq tizimidagi o‘rni va ahamiyati, majburlov choralarini qo‘llash asoslari va tartibi, fuqarolik sud ishlarini yuritish jarayonida majburlov choralarini qo‘llash bilan bog‘liq muammolar, protsessual majburlov choralari borasidagi nazariy va amaliy masalalar, xorij mualliflarining protsessual majburlov choralari yuzasidan ilmiy-nazariy va amaliy qarashlari, majburlov choralarini qo‘llash muddati masalalari tahlil qilingan. Bundan tashqari, sud jarimasini qo‘llash bilan bog‘liq masalalar, jarima miqdorini oshirish yoki kamaytirish, boshqa majburlov chorasi bilan almashtirish, qanday holatlar fuqarolik sud ishlarini yuritishda sud tartibini buzish hisoblanishi masalalari, bu holatlar yuz berganda, taraflarni ogohlantirish, sud zalidan chiqarib yuborish va uni qo‘llash bilan bog‘liq sud jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar va ularning tahlili, vakolatli davlat organlari, ularning protsessual majburlov choralari qo‘llash yuzasidan huquq va majburiyatlari, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik protsessual qonunchiligi va uning normalari xorij mamlakatlarining fuqarolik qonunchiligi asosidagi qiyosiy tahlili, fuqarolik sud ishlarini yuritish jarayonida protsessual majburlov choralarini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar o‘rin olgan.
Kalit so'zlar
mаjburlov chorаsi, sud jаrimаsi, sud zаlidаn chiqаrib yuborish, mаjburiy keltirish, ogohlantirish, ajrim, sud bayonnomasi, sud topshirig‘i.
Iqtibos uchun
For citation: