VOYAGA YETMAGANLAR SOHASIDA QONUNIYLIKNI TAʼMINLASHDA PROKUROR NAZORATI VA IDORAVIY NAZORAT O‘RTASIDAGI O‘ZARO HAMKORLIKNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALAR
Ibragimov Diyorbek Shuhrat o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
Аkademiyasi tayanch doktoranti
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada mamlakatimizda voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda, mazkur sohada qonuniylikni taʼminlashda prokuratura organlari bilan bevosita vakolatli idoralar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik masalalari bayon etilgan. Xususan, prokuror nazorati, idoraviy nazorat tushunchalari hamda ular o‘rtasidagi o‘zaro farqli jihatlar ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil etilgan. Shuningdek, sohada qonuniylikni taʼminlashda prokuror nazorati va idoraviy nazorat faoliyatidagi ayrim kamchilik va muammolar tizimli ravishda tahlil etilgan. Bundan tashqari, voyaga yetmaganlarning huquqlari va erkinliklarini taʼminlovchi vakolatli vazirlik va idoralarning idoraviy nazorat faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq kamchiliklar, shuningdek, ularning faoliyatidagi qonun buzilishi holatlari amaliy misollar bilan yoritib berilgan. Qayd etilishicha, vazirlik va idoralarda idoraviy nazoratning sust tashkil etilganligi nafaqat voyaga yetmaganlar, balki xodimlar tomonidan ham qonun buzilishi holatlari sodir etilishiga ham sabab bo‘layotganini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, prokuratura organlari va idoralar o‘rtasida sohada qonuniylikni taʼminlash, qonun buzilishi holatlari va ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash hamda bartaraf etishda idoralararo maʼlumot almashish borasida doimiy hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazorati, idoraviy nazorat, vakolatli vazirlik va idoralar, idoralararo hamkorlik, idoralararo maʼlumot almashish, voyaga yetmaganlar, prokuror tekshiruvi, nazorat tadbirlari, qonunlar ijrosi ustidan monitoring olib borish, taqdimnoma.
Iqtibos uchun
For citation: