O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YERGA NISBATAN XUSUSIY MULK HUQUQI TO‘G‘RISIDAGI QONUN HUJJATLARINING RIVOJLANISH TARIXI

Abdualimova Madina Shuxratovna

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi doktoranti

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu maqolada hozirgi O‘zbekiston hududida yerga egalik munosabatlari uzoq tarixga ega ekanligi, ularni bir necha bosqichlarga bo‘lish mumkinligi ilmiy jihatdan asoslantirib berilgan. Mahalliy va xorijlik huquqshunos olimlarning fikrlari asosida yerga nisbatan xususiy mulk huquqining o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning tanlangan yangi yo‘li mulkiy islohotlarni, yerga egalik munosabatlarini tubdan o‘zgartirishni taqozo etishi bir qator faktlar orqali isbotlangan. Shuningdek, milliy qonunchilik hujjatlarini tahlil qilish orqali sohada mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Xususan, yerga xususiy mulkchilik mazmunining o‘zgarishi tendensiyasi amaldagi Fuqarolik kodeksida o‘z aksini topmagan, uning 170-moddasida faqat yerga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish masalalarini boshqa qonunlar bilan tartibga solish mumkinligi bilan chegaralanganligi asoslab berilgan. O‘zbekiston Respublikasining yangi Fuqarolik kodeksi loyihasida yerning (yer uchastkasining) mulk obyekti sifatidagi huquqiy rejimini, shuningdek, yer uchastkasini olib qo‘yishning shartnomaviy-huquqiy mexanizmini, yer ayirboshlash uchun asos bo‘lgan shartnomalarni aniq belgilab berish zarurligi tahlil qilingan.
Kalit so'zlar
xususiy mulk huquqi, yerga nisbatan xususiy mulk huquqi, yerga nisbatan xususiy mulk huquqining rivojlanish bosqichlari, Rim huquqi, islom huquqi, milliy huquq, xususiy mulkning konstitutsiyaviy asoslari, fuqarolik qonunchiligini isloh qilish
Iqtibos uchun
For citation: