HUQUQIY EKSPERIMENTNI O‘TKAZISH BOSQICHLARI: NAZARIY-HUQUQIY TAHLIL
Hayitov Sherzod Raxmatullayevich
Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi dotsenti v.b., PhD
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada huquqiy eksperiment tushunchasi, uning turlari hamda tasnifi, shuningdek, huquqiy eksperimentni o‘tkazish bosqichlari milliy va xorij tajribasi asosida tahlil qilingan. Jumladan, huquqiy eksperimentni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishni uch bosqichda amalga oshirish taklif etilgan bo‘lib, eksperiment o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan subyektlar doirasi ham milliy qonunchilik asosida yoritilgan. Huquqiy eksperiment o‘tkazilishi davlat siyosatining, islohotlarining tegishli sohalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, undan foydalanishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar, huquqiy eksperiment ta’rifidan uning samaradorligi va natijadorligini baholashda muhim bo‘lgan asosiy xususiyatlari ajratib ko‘rsatildi. Huquqiy eksperimentning har bir bosqichi mustaqil vazifalar va harakatlar natijalarini aks ettiruvchi hamda mustahkamlovchi muayyan harakatlar va protsessual hujjatlar bilan tavsiflanishi, uning ahamiyati hamda muhimligi asoslantirildi. Maqolada huquqiy eksperiment yuzasidan xulosa va takliflar ilgari surilgan. Huquqiy eksperimentning o‘ziga xos xususiyati uning maxsus ishlab chiqilgan maqsadga qaratilgani bo‘lib, u yoki bu huquqiy gipotezani sun’iy ravishda yaratilgan muhitda tekshirish hamda eksperiment subyektining ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirishdagi faol rolini aniqlashdan iborat.
Kalit so'zlar
eksperiment, huquqiy eksperiment, norma ijodkorligi, normativ-huquqiy hujjatlar, qonun loyihasi, huquqiy eksperiment subyektlari, mas’ul subyektlar, huquqiy eksperiment bosqichlari, tartibga solish ta’sirini baholash.
Iqtibos uchun
For citation: