Yurisprudensiya

Masus son 2023-yil

Ushbu sonda Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bag‘ishlanadi

Yakubov Shuxrat Ummataliyevich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktori, yuridik fanlar doktori, professor

Annotatsiya
Mazkur maqolada taʼlim sohasidagi islohotlar, ularning tashkiliy-huquqiy asoslari, konstitutsiyaviy islohotlar asosida oliy taʼlimga eʼtiborning kuchaytirilishi ilmiy tahlil qilingan. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oliy taʼlimga oid alohida normaning kiritilishi, uning amaliy ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, oliy taʼlim muassasalariga akademik erkinlik berilishi, ularning boshqaruv hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatida mustaqil boʻlishining istiqbollari haqida mulohazalar bildirilgan.

Azizov Xudoyqul Tojiyevich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining birinchi prorektori, yuridik fanlar doktori, professor

Annotatsiya
Ushbu maqolada ijtimoiy davlatning oʻzbek modelini, uning shakllanish va rivojlanish xususiyatlarini inobatga olish, unda “inson–jamiyat–davlat” tamoyilini roʻyobga chiqarish masalalari koʻtarilgan. Respublikamizda taraqqiyotning hozirgi bosqichida demokratik huquqiy davlat barpo etish sari mamlakatni modernizatsiya qilish borasida tub islohotlar amalga oshirilayotganligi yoritilgan.

Hoshimxonov Аhror Moʻminovich

Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori, yuridik fanlar doktori, dotsent

Annotatsiya
Ushbu maqolada davlat qurilishi jarayoni hamda davlat va jamiyat boshqaruvi samaradorligini oshirishda fuqarolarning ishtirokini kengaytirish bilan bogʻliq vazifalar koʻrib chiqiladi. Muallif unda yangi Konstitutsiyaga koʻra xalqchil va xalqparvar davlat qurishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini tahlil qiladi. Shuningdek, fuqarolarning davlat va jamiyat hayotini boshqarishdagi ishtiroki masalalari boʻyicha fikr yuritilib, asosiy eʼtibor oxirgi 6–7 yilda ushbu yoʻnalishda qabul qilingan huquqiy asoslarning mazmun-mohiyatiga qaratiladi. Ushbu islohotlarning tadrijiy yakuni sifatida Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi qoidalari koʻrsatilib, ulardagi asosiy meʼyorlar, avvalo, inson huquq va erkinliklarini kafolatlash hamda taʼminlashga qaratilganligi asoslab beriladi.

Azimov Hakimali Imomovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Umumta’lim fanlar va madaniyat kafedrasi professori

Annotatsiya
Mazkur maqolada yangilangan Konstitutsiyamizning qabul qilinishi mamlakatimiz tarixida, xalqimiz hayotida ahamiyatga molik voqea boʻlganligiga atroflicha eʼtibor qaratilgan. Inson qadrini ulugʻlash va uni yangi bosqichga olib chiqish, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish, shuningdek, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek ulugʻvor va buyuk ishlar uchun xalqimizga har tomonlama munosib boʻlgan yangi Konstitutsiyamiz barchamizga faxr va iftixor bagʻishlaydi. …

Safarov Djaxongir Ismoilovich

yuridik fanlar doktori, dotsent

Annotatsiya
Maqolada Oʻzbekistonda va Markaziy Osiyo mamlakatlarida amalga oshirilgan konstitutsiyaviy-huquqiy islohotlar sharoitida parlament yuqori palatasining oʻrni hamda rolini takomillashtirish bilan bogʻliq tendensiyalar tahlil qilingan. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyadan kelib chiqib, Oliy Majlis Senati faoliyatiga oid qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, ushbu sohadagi mavjud muammolar hamda ularni hal etish yoʻllari haqida aniq taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.

Abdullayeva Maftuna Murot qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti doktoranti, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori

Annotatsiya
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yuridik kuchi masalasi koʻrib chiqiladi. Konstitutsiyaning oliy yuridik kuchi uni boshqa hujjatlardan ajratib turadigan alohida huquqiy xususiyatdir. Bu Konstitutsiya normalari boshqa qonunlardan, asosan ijro hokimiyati hujjatlaridan hamisha ustun ekanligidadir; qonunlar va qonunosti hujjatlari Konstitutsiyada nazarda tutilgan organlar tomonidan va unda belgilangan tartibda qabul qilinishi kerak; …

Jahonov Shohruh Shuhrat o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada ommaviy axborot vositalarining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari tahlil qilingan. Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalarining jamoatchilik nazoratini samarali olib borishi atroflicha o‘rganilgan. Bilamizki, axborot og‘zaki, yozma, elektron tarzda olinadi, shu sababli ommaviy axborot vositalarining axborot olishi bilan bog‘liq huquqiy jihatlar tahlil qilingan.

Toshkanov Nurbek Bahriddinovich

Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti

Annotatsiya
Mazkur maqolada intellektual mulk, uning konstitutsiyaviy muhofazasi va jahon konstitutsionalizmida bu boradagi rivojlanish tendensiyasi tahlil etilgan. Intellektual mulk huquqining rivojlanish dinamikasi tarixiga ham nazar tashlangan. Muallifning fikricha, davlat intellektual mulkning qonun bilan muhofaza etilishini konstitutsiya darajasida belgilar ekan, mazkur sohada bir qancha majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. Shu bilan birga, mavjud globallashuv jarayoni davlatlarning milliy qonunchiligiga qanday ta’sir ko‘rsatayotganligi yuzasidan fikrlar bildirilgan. …

Yuldoshbekov Avazbek Alisher oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Qayd etish lozimki, hozirga qadar davlat oʻz funksiyalarini bajarishi uchun kerakli boʻlgan moliyaviy mablagʻlarni shakllantirishning soliqlardan boshqa koʻrinishi jahon amaliyotida qoʻllanmagan. Bundan kelib chiqadiki, hukmron boʻgʻin sifatida davlat mavjud ekan, moliyalashtirish usuli sifatida soliqlar amal qilaveradi. …

Xayitov Panji Buxarovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada Yangi O‘zbekistonning energetika tizimini rivojlantirishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari va ekologik-huquqiy taʼminlash masalalarining milliy va xalqaro konsepsiyasi va tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish hamda ularni tahlil qilishga oid fikr-mulohazalar keltirilgan. Shuningdek, ekologiya huquqi nazariyasi, Yashil energetikani rivojlantirishning huquqiy asoslari va kelajak istiqbollari tizimini yanada takomillashtirish bilan bog‘liq eng muhim masalalar tahlil qilingan. …

Davlatova Guliza Shavkat qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti

Annotatsiya
Mazkur maqolada yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizga iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish maqsadida davlat tomonidan halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratilishi, insofsiz raqobatga yo‘l qo‘yilmasligi, ya’ni monopoliya cheklanishi haqidagi o‘zgartirishlar aks etgan normalar hamda ularning iqtisodiy va huquqiy ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, kiritilgan yangi normalar orqali davlat o‘z zimmasiga olgan tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida yoritilgan.

Shodiyeva Irisa Soatmurod qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti Xususiy huquq fakulteti talabasi

Annotatsiya
Ushbu maqolada mamlakatimizda advokatlar masalasiga davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri sifatida alohida e’tibor berilayotganligi, ayniqsa, ularning faoliyatini elektronlashtirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sa’y-harakatlar muntazam amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlangan. Unda advokatlar maqomiga davlat e’tiborining yuksak namunasi sifatida har bir fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlanishi uchun advokatura sohasiga Konstitutsiya negizida kiritilgan alohida o‘zgarishlar huquqiy manbalar asosida tahlil qilingan.

Kazakova Nozima Rustam qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti birinchi bosqich talabasi

Annotatsiya
Ushbu maqola O‘zbekistonning 2023-yil 1-mayda kuchga kirgan konstitutsiyasini chuqur o‘rganish natijasida tayyorlangan. Yangilangan konstitutsiya yanada demokratik, inklyuziv va gullab-yashnagan O‘zbekistonning poydevorini qo‘ydi hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy va huquqiy islohotlarda muhim burilish nuqtasi bo‘ldi. Konstitutsiya garchi yaqinda yangilangan bo‘lsa ham, asosiy huquqlarni himoya qiluvchi, yaxshi boshqaruvni rag‘batlantiradigan va barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlovchi ilg‘or qoidalar mustahkamlandi. Ushbu maqolada konstitutsiyaning asosiy qoidalari koʻrib chiqilib, ularning Oʻzbekiston kelajagiga qanday foydali taʼsir koʻrsatishi yoritilgan.