TURIZM XAVFSIZLIGINI TA’MINLOVCHI HUQUQIY HUJJATLAR TAHLILI VA TASNIFI

Tursunova Sabina Ravshanovna

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu maqolada turizm va uning xavfsizligini ta’minlash borasidagi xalqaro va milliy qonunchilik tahlili va tasnifi keltirilgan hamda qonun hujjatlarining o‘ziga xos jihatlari, tartibga solish bo‘yicha imperativlik xususiyatlari yoritilgan. Muallif turizm va uning xavfsizligiga oid qonun hujjatlarini tasniflash barobarida turizm xavfsizligi tushunchasiga milliy huquqiy ta’rif shakllantirilmaganligiga urg‘u beradi, shuningdek, mazkur turizm xavfsizligi tushunchasiga huquqiy ta’rif belgilanishi qonunchilikning mazkur sohasi rivoji va istiqboli belgilanishida muhim ekanligini ta’kidlaydi. Maqolada xavfsiz turizm sohasini tartibga solishda xalqaro va milliy qonunchilik tizimini toifalarga bo‘lgan holda tahlil qilish lozimligi, bunda asosiy e’tibor xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalariga muvofiq holda qonunchilikni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etishi borasidagi fikrlar tahlil qilingan. Tadqiqotda analiz, sintez, induksiya, deduksiya, qiyosiy-huquqiy tahlil kabi metodlar qo‘llangan. Shuningdek, tadqiqot ishida ilg‘or xorijiy tajriba, ilmiy-nazariy qarashlar, milliy va xorijiy olimlarning fikrlari o‘rganilgan. Buning natijasi o‘laroq, “xavfsiz turizm” atamasiga mualliflik ta’rifi shakllantirilib, qonunning tegishli bandlariga ushbu ta’rif asosida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish borasidagi taklif ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
xavfsiz turizm, normativ-huquqiy hujjat, milliy qonunchilik, xalqaro huquqiy hujjat, konvensiya, deklaratsiya, xalqaro pakt, xalqaro universal hujjat, xavfsiz turizmni ta’minlash.
Iqtibos uchun
For citation: