OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT-PROTSESSUAL QONUNCHILIGI TARIXI

Tulaganova Gulchehra Zaxitovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu maqolada milliy va xorijiy jinoyat-protsessual qonunchilikning tarixi, jinoyat ishlarini soddalashtirilgan tartibda yuritishning oʻziga xos jihatlari ko‘rib chiqilgan. Oʻzbekistonda islohotlarning dolzarb boʻgʻini boʻlgan qonun ustuvorligini taʼminlash, sud-huquq tizimini isloh etish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida strategik qadamlar tashlanmoqda. Shubhasiz, bu oʻzgarishlar xalq manfaatlari yoʻlida olib borilayotgan amaliy ishlarning ifodasidir. Bu qoida ham joriy yilning 1-mayida qonuniy kuchga kirgan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev taʼkid­laganidek, yangilangan Konstitutsiya mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyalari, umuman yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos hamda ishonchli kafolat yaratishi lozim. Shuningdek, ushbu maqolada jinoyat-protsessual huquqning asosiy prinsiplaridan biri bo‘lgan tortishuv prinsipi yuzasidan ayrim huquqshunos olimlarning fikr va mulohazalari, bugungi kunda katta muvaffaqiyat bilan qo‘llanadigan yangi institut, jinoyat ishlarini soddalashtirilgan tartibda yuritishning yaqqol misoli bo‘lgan aybga iqrorlik institutini milliy jinoyat protsessiga qo‘llashning ayrim jihatlari, birinchi instansiyada ish yuritish, apellatsiya va kassatsiya, qayta kassatsiyaning ish yuritish masalalari, olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari va jinoyat sudlov ishlari yuritishni soddalashtirish tartibi yuzasidan taklif va tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar
jinoyat ishini qoʻzgʻatish, huquq, erkinlik, jabrlanuvchi, ayblanuvchi, odil sudlov, sud, jinoyat ishlari, soddalashtirish, jinoyat-protsessual, qadr-qimmati, huquq-tartibot, hukm.
Iqtibos uchun
For citation: