FUQAROLIK PROTSESSIDA ODIL SUDLOVNI AMALGA OSHIRISHGA KOʻMAKLASHUVCHI SHAXS SIFATIDA GUVOHNING ISHTIROKI BILAN BOGʻLIQ AYRIM MASALALAR

Xabibullayev Davlatjon Yulchiboyevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi mudiri, yuridik fanlar nomzodi, professor

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Mazkur maqolada fuqarolik protsessida odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxs sifatida guvohning ishtiroki bilan bogʻliq ayrim masalalar tahlil etilgan. Xususan, fuqarolik protsessida guvoh tushunchasi, uning protsessual huquq va majburiyatlari boʻyicha fuqarolik protsessual qonunchiligi hamda fuqarolik protsessual huquqi fani nazariyasiga oid huquqshunos olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari o‘rganilgan. Shuningdek, guvoh sifatida chaqirilishi va soʻroq qilinishi mumkin boʻlmagan holatlar, bu boradagi xorijiy davlatlar fuqarolik protsessual qonunchiligi, xususan, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon, Belarus, Qozogʻiston Respublikalari fuqarolik protsessual qonunchiligi milliy fuqarolik protsessual qonunchilik bilan qiyosiy tahlil etilib, tegishli xulosa va takliflar ishlab chiqilgan. Maqolada guvohning guvohlik berishdan bosh tortish huquqi tushunchasi, guvohning daxlsizligi yoki guvohning immunitet huquqi tushunchalari toʻgʻrisida huquqshunos olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari tadqiq qilingan. Bundan tashqari, ushbu maqolada guvohlarning xavfsizligi masalalari, bu borada xorijiy davlatlar qonunchiligi ko‘rib chiqilgan. Xulosa qismida sud ishlarini yuritishda guvohning protsessual huquqiy maqomini takomillashtirish, xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, guvoh sifatida chaqirilishi va soʻroq qilinishi mumkin boʻlmagan holatlar doirasini kengaytirish, guvohlarning daxlsizlik huquqlarini amalda taʼminlash, ularning xavfsizligini amalga oshirish chora-tadbirlarini kuchaytirish boʻyicha fuqarolik protsessual qonunchilikni takomillashtirishga oid ilmiy-nazariy xulosalar, taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.
Kalit so'zlar
fuqarolik sudi, odil sudlov, sudya, guvoh, guvohning daxlsizligi, guvoh immuniteti, guvoh koʻrsatmasi, guvohlik berishni rad etish, guvohlik berishdan bosh tortish, odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar.
Iqtibos uchun
For citation: