Yurisprudensiya maxsus son II qism

Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan

Hayitov Sherzod Raxmatullayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Davlat va huquq nazariyasi va tarixi” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada milliy va xorij tajribasi asosida huquqiy eksperiment tushunchasi, uni norma ijodkorligining usuli sifatida qachon qо‘llash maqsadga muvofiqligi tо‘g‘risida fikr va mulohazalar yuritilgan. Keltirilgan fikrlar yuzasidan huquqiy eksperimentni qо‘llashning о‘ziga xos xususiyatlari, uni qо‘llash yuzasidan taklif va xulosalar ilgari surilgan…

Shodmonov Mirzoxid Muxtor o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti

Annotatsiya
Bugungi kunda dunyodagi barcha demokratik davlatlarda siyosiy hokimiyatning shakllanishini siyosiy partiyalar ishtirokisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Siyosiy partiyalar demokratiya yuqori darajada rivojlangan davlatlarda ham o‘z-o‘zidan taraqqiy etmagan, balki uzoq tadrijiy yo‘l bilan murakkab ijtimoiy muhitni boshdan kechirish orqali huquqiy islohotlar bilan rivojlangan…

Hoshimxonov Ahror Mo‘minovich

Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori, yuridik fanlar nomzodi, dotsent

Annotatsiya
Ushbu maqolada Hukumatning davlat hokimiyati tizimida tutgan о‘rni, Hukumatning parlament va prezident bilan о‘zaro munosabatlari, Hukumatning qonunlar ijrosi yuzasidan qarorlar qabul qilishi, ijro hokimiyatining vakolatlari xorijiy mamlakatlar huquqiy amaliyoti asosida tahlil qilingan bо‘lib, ushbu yо‘nalishdagi ishlarning tadrijiy davomi sifatida kelgusida davlat..

Narimanov Bekzod Abduvaliyevich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, yuridik fanlar bо‘yicha falsafa doktori

Annotatsiya
Mazkur maqolada tijoratchi yuridik shaxsning mas’uliyati cheklangan jamiyat ko‘rinishidagi tashkiliy-huquqiy shakli tasnifi, uning yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllaridan farqi va afzalliklari, jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) tushunchasi, ustav fondining jamiyat faoliyatidagi ahamiyati, jamiyat ustav fondidagi ulush, ulushning nominal, haqiqiy va bozor qiymati tushunchalari va ularning farqli jihatlari…

Yakubov Axtam Nusratilloyevich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori

Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati bilan bog‘liq muammolar, nodavlat notijorat tashkilotini ijtimoiy foydali deb e’tirof etishni huquqiy tartibga solish istiqbollari, nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokidagi ijtimoiy sheriklik institutining huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish istiqbollari,…
XALQARO INVESTITSIYA HUQUQIY REJIMIDA DAVLAT KORXONALARINING ROLI

Xalilova Zebiniso Erkinovna

PhD (Bremen Universiteti, Germaniya), Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada elektron savdo tushunchasi, jahondagi elektron savdoning umumiy holati va yuksalish dinamikasi, xalqaro elektron savdoni tartibga solishda xorijiy mamlakatlar qonunchiligi tajribasi, bu sohada qо‘llaniladigan kollizion normalar va ularning ahamiyatiga tо‘xtalgan holda, milliy qonunchilikni takomillashtirishga oid takliflar ilgari surilgan..

Xursanov Rustam Xolmuratovich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Fuqarolik huquqi” kafedrasi dotsenti v.b.

Annotatsiya
Bugungi kunda qarz shartnomasi bo‘yicha amaliyotda qo‘llanilib kelinayotgan tartib va taomillar, sohada shakllangan ish muomalasi odatlari hamda bank va moliya sohasida qarz berish faoliyatini tartibga solishga qaratilgan qonunchilik FKda nazarda tutilmagan va bugungi moliya bozorining zamonaviy talablariga javob beradigan normalarni shakllantirganligini hisobga olib…

Jumag‘ulov Alisher Ernapasovich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Biznes huquqi” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Annotatsiya
Maqolada dunyoning moliyaviy markazlaridan biri bo‘lgan AQShda investitsiya fondlarining paydo bo‘lish tarixi, investitsiya fondlariga oid qonunchilikning vujudga kelishi va investitsiya fondlari faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni tahlil qilinadi. Dunyoda ilk ochiq investitsiya fondi AQShda tashkil etilgan bo‘lib, u hozirgi kunga qadar muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda…

Dаvronov Doniyorbek Аbdullo o‘g‘liTadjibayeva Maxsuda Rustamjonovna

Toshkent davlat yuridik univeriteti “Biznes huquqi” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Annotatsiya
Shiddat bilan rivojlanayotgan bozor munosabatlari sharoitida insofsiz raqobat va uning oldini olish bugungi kunning eng muhim iqtisodiy masalalaridan biri hisoblanadi. Shu bois davlat tomonidan iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish sohasida shaxslarni raqobatga zid bo‘lgan har qanday harakatlardan himoya qilish bilan bog‘liq qonunchilik tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan tizimli huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda

Mamaraimova Gulrux Maxmudovna

Toshkent davlat yuridik universiteti “Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bo‘yicha bolaning nasl-nasabini belgilash, shu jumladan, bolaning tug‘ilganligini qayd etishda uning nasl-nasabini belgilash, otalikni FHDYo tartibida belgilash, otalikni sud tartibida belgilash, bolaning u yoki bu onadan tug‘ilganligi faktini belgilash masalalari,…

Atajanov Xamdambek Kuromboyevich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Biznes huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Muallif tomonidan mazkur maqolada dunyoning yetakchi davlatlarining tijorat banklarida korporativ boshqaruv, uning huquqiy asoslari, tijorat banklarida korporativ boshqaruvning o‘ziga xosligi, uning ahamiyatini ochib berishga harakat qilingan. Maqolada korporativ boshqaruvga oid bo‘lgan atamalar, tushunchalar ochib berilgan,..

Ahrorova Sayohat Akram qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti “Biznes huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqola raqobat huquqi va uning asosiy tushunchalariga qisqacha yondashuv bilan birga, bugungi kunda milliy qonunchilik uchun huquqiy tartibga solinishga ehtiyoj sezuvchi ustun mavqe tushunchasi, uning yuridik tabiati hamda tartibga solish ahamiyati nuqtayi nazaridan muallif fikrlarini yoritib oʻtadi…

Jahonov Shohruh Shuhrat o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti

Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasida rivojlangan xorijiy davlatlar bo‘lmish Fransiya, Finlandiya, Tayvan kabi davlatlarda Ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mexanizmlari o‘zaro solishtirilgan holda tahlil qilingan…

Shayakubova Elnora Xusnutdinova

Аdliya vazirligi adliya organlarida АKTni rivojlantirish markazi bosh mutaxassisi

Annotatsiya
Maqolada fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq sifatida mehnat huquqi tahlil etiladi. Iqtisodni raqamlashtirish sharoitida mehnat huquqi va raqamlashtirishning mehnat munosabatlariga taʼsirining mohiyati yoritishga harakat qilingan…

Zokirov Sherzod Ilhom o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Аkademiyasi tayanch doktoranti

Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuni 4-moddasida prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari sirasiga “fuqaroning huquq hamda erkinliklarini taʼminlashga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan nazorat qilish” qayd etilganligi keltirilgan…

Niyozova Salomat Saparovna

Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi professori v.b., yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Mazkur maqolada jinsiy jinoyatlarda jabrlanuvchi xulq-atvorining o‘rni haqida so‘z yuritilib, tegishli taklif va tavsiyalar berilgan. Viktim xulq-atvori sabab bo‘lgan nomusga tajovuz qilganlar bir necha guruhga ajratilgan: 1) jinoyat jabrlanuvchilarining mast holda bo‘lganligi; 2) pala-partish tanishuvi, yengiltak, ba’zan erkak bilan muloqotda chechan bo‘lgan ayollar…

Hakimov Komil Baxtiyarovich

Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti

Annotatsiya
Mazkur maqolada ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib qasddan odam o‘ldirishda zarar yetkazish masalasi haqidagi fikrlar tahlil etilgan. Shuningdek, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib qasddan odam o‘ldirish –…

To‘rabayeva Ziyoda Yakubovna

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Ayni vaqtda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jinoyat-huquqiy sohadagi islohotlar ham jinoiy jazolarni liberallashtirish, voyaga yetmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jazolashdan ko‘ra tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish orqali ularning yangi jinoyat sodir etishining oldini olish yo‘llarini izlab topishni va qonunchilikni takomillashtirishni taqazo etmoqda,…

Anorboyev Murodjon Raxmanqul о‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi doktoranti

Annotatsiya
Ushbu maqolada О‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligi, xususan, Jinoyat kodeksi “Odil sudlovga qarshi jinoyatlar” bobi “Tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish” moddasi normalari tahlil qilingan…

Abrorov Javohir Ismatullayevich

Qoraqalpoq davlat universiteti Yuridik fakulteti talabasi

Annotatsiya
Ushbu maqolada internet foydalanuvchilari tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning oqibatlari bayon etilgan. Maqolada yoritilgan muammo mazmunining nechog‘lik dolzarbligi birgina jamiyat doirasi bilangina cheklanib qolmasdan, davlat siyosatiga molik masalalar ekanligi taqdim etilgan ma’lumotlarga tayanilganligi asoslab berilgan…

Saidov Olim Chorikulovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada mahkumlarni topshirish mexanizmi bo‘yicha xalqaro hamkorlikning huquqiy asosi hisoblangan xalqaro shartnomalar hamda mahkumning topshirish jarayonida uning huquqlari bilan bog‘liq bo‘lgan xalqaro hujjatlar o‘rganilgan va tahlil qilingan. Mahkumlarni huquqiy maqomini aniqlashda, ularning huquqlariga alohida to‘xtalib o‘tilgan bo‘lib,…

Mamatqulov Rashid Pazilbekovich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Umumta’lim fanlar va madaniyat” kafedrasi katta o‘qituvchisi, falsafa fanlari nomzodi

Annotatsiya
Maqolada huquqiy ijtimoiylashuvning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni, roli va ahamiyati o‘rganilgan. Demokratik yangilanishlar sharoitida ijtimoiy munosabatlarga kirib kelayotgan huquqiy qadriyatlarni yoshlar tomonidan o‘zlashtirilishida kelib chiqadigan ijobiy va salbiy oqibatlar analiz, sintez, taqqoslash va hujjatlarni tahlil qilish metodlari orqali yondashilgan…

Matenov Rashid Bekimbetovich

Toshkent davlat yuridik universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti v.b.

Annotatsiya
Kasbiy nutq amaliyotida yurist muayyan harakatlar, jarayonlar va hokazolarni aniq belgilash va aniq tasniflashga moslashtirilmagan og‘zaki nutqdan foydalanmasligi kerak. Uning xizmatida rasmiy uslub va nutqining maxsus ishlab chiqilgan quyi tizimi – “yuridik til” mavjud bo‘lib, u yetarli miqdordagi turli ifoda vositalariga ega…

Ro‘zibayeva Nigoraxon Raximovna

Toshkent davlat yuridik universiteti “Xorijiy tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Kaili Zheng 郑凯莉

Moliya Shanxay universiteti va Iqtisodiy ittifoq dasturi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida, xususan, Toshkent davlat yuridik universitetida needs analysis (ehtiyojlar tahlili) o‘tkazishning ahamiyati haqida so‘z boradi. ESP o‘qituvchilari asosiy mezonlarni yoki talaba ehtiyojlarini aniqlash va ularning rivojlanishi kerak bo‘lgan ko‘nikmalarini aniqlash uchun ehtiyojlar tahlilidan foydalanishi mumkin…

Bahriddinova Muyassarxon Rahimovna

Toshkent davlat yuridik universiteti “Xorijiy tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zbek huquq terminlarini o‘rganish, huquq terminologiyasining asosiy xususiyatlari hamda o‘zbek huquq terminlarini shakllantirishning ichki va tashqi imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada o‘zbekistonlik va xorijlik olimlar, jumladan, huquqshunos va tilshunoslarning fikr-mulohazalari o‘rin olgan…